Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ma’lum qiladi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ma’lum qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan “O‘zbekistonlik to‘rt nafar para-sportchi doping bilan qo‘lga tushdi va ularning barchasi jazolandi” mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ayrim manbaalar orqali o‘zbekistonlik 4 nafar paralimpiyachi doping sabab diskvalifikasiya qilingani haqidagi xabarlariga nisbatan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu xabarlarda nomlari tilga olingan sportchilar 2018-2019 yillarda diskvalifikasiyaga uchragan. Ularda doping aniqlangani haqida o‘z vaqtida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida e’lon qilingan. Hozirda ushbu sportchilar butunlay sportni tark etishgan. Shu sababli afsuski, bu habarlar ommaviy axborot vositalarida biroz noto‘g‘ri talqin qilindi.

Ma’lumki, bugungi kunda o‘zbekistonlik paralimpiyachilar dunyoning kuchli o‘nligiga kiradi. Bu bir tomondan g‘urur bag‘ishlaydi, albatta. Lekin, ikkinchi tomondan bu xolat paralimpiya sportchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklashini ham unutmasligimiz lozim. Boisi, WADA Butunjahon antidoping agentligi yuqori natijalar qayd etayotgan mamlakat sportchilarini doimiy tarzda tekshiruvga oladi. Shu bois har qachongidan ham hushyorroq bo‘lishimiz talab etiladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi a’zolari orasida doping aniqlangan sportchilar yo‘q.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki, doping aniqlangan har qanday o‘zbekistonlik sportchi to‘g‘risida ma’lumot O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy manbaalari orqali muntazam e’lon qilinadi”, – deyiladi agentlik rasmiy saytida.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 08:31, 18.03.2020.
O'qildi: 4356 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик