Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Gyundogan Zidan sha’niga iliq fikr aytdi

Gyundogan Zidan sha’niga iliq fikr aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkan Gyundogan o‘zining Manchesterdagi uyida "Marca" nashriga intervyu berdi. Futbolchi ko‘p savollarga javob berdi. Suhbat davomida u «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan haqida ham gapirdi.

«Ham futbolchi, ham murabbiy Zidan haqida ko‘p gapirish mumkin. Men uchun ZiZu — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Buni u «Yuventus», «Real» va Fransiya terma jamoasi safida isbotlagan. U hamisha zo‘r o‘ynagan».

«Men Zidanni yoshlikdan kuzatganman. U to‘p bilan ishlaganda, hamma shok holatiga tushardi. O‘ylashimcha, uni biladigan barcha o‘yinchilar shunday fikrda. Albatta, u murabbiylikdan ham aql bovar qilmas yutuqlarga erishdi».

«Agar Zidan kabi inson sizga maydonda nima qilish kerakligini aytsa, siz borasiz va buni bajarasiz. Uning o‘tmishini bila turib, nima uchun unga shunchaki ishonmaslik kerak? Men hech qachon Zidan bilan gaplashish uchun imkoniyatga ega bo‘lmaganman. Ammo men uni hurmat qilaman» — dedi Gyundogan.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 22:19, 18.03.2020.
O'qildi: 3454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик