Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevro-2020ning ko‘chirilishidan mamnun futbolchilar

Yevro-2020ning ko‘chirilishidan mamnun futbolchilar

Baho:
+ | -

Yevropa chempionatining keyingi yilga qoldirilganidan xabaringiz bor. UEFA tomonidan qabul qilingan qaror muxlislarni ranjitgani rost, biroq bugungi ro‘yxatimizdagi futbolchilar bundan mustasno…

Nikola Zaniola

“Roma”ning yangi yulduzi yanvaryoyida “Yuventus”ga qarshi uchrashuvda oyoq suyaklarini sindirib olgan edi. Doktor Mariane tomonidan “Villa Styuart” klinikasida jarrohlik stoliga yotgan futbolchi hozirda tiklanish bilan band. Aslida uning jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lishi uchun yana kamida 5-6 oy kerakligi bois, Italiya bilan Yevroga bormasligi aniq bo‘lib ulgurgan edi. Voqealarning bunday ko‘rinish olishi futbolchi uchun ikkinchi imkoniyatni taqdim etmoqda. Endilikda futbolchi nafaqat Yevro, balki A seriyaning hal qiluvchi turlarida ham maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Usmon Dembele

Umuman olganda,Dembelening “Barselona”dagi ishlari sira yurishmayapti. Fransiya terma jamoasi bilan JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan futbolchi top darajada ekanligiga hech kimda shubha yo‘q. Xatto fransuz muxlislari uning jarohatlar bilan o‘ralashib qolganida Kataloniya klubini ham ayblashgacha borishdi. Fevralyoyida futbolchinining tizzasi Finlyandiyada operasiya qilindi. Uning yana futbolga qaytishi bahorning so‘nggi kunlariga to‘g‘ri kelgani bois, “Barselona” Martin Breytueytni xarid qildi. Endilikda, Usmon tiklanish va yana sport formasini qaytarish bilan ovora. To‘g‘risi, bu uning karyerasidagi eng omadli pauza bo‘ldi. Bundan oqilona foydalanish zarur.

Eden Azar

Fevral oyining so‘nggi kunlarida “Real Madrid” “Levante”ga qarshi maydonga tushdi va qimmatli ochkolardan ayrildi. Bu ham yetmaganidek, jamoning eng qimmat futbolchisi – Eden Azar ham jiddiy jarohat bilan uchrashuvni erta tugatdi. Shifokorlar Eden uchun mavsum yakunlanganini e’lon qilishmagan bo‘lsa-da, futbolchi bu mavsumda o‘z formasini tiklab olishga ulgurmasligi aniq edi. AQSHda muvaffaqiyatli operasiya qilingan futbolchi formasini tiklay olmasa ham Yevroda qatnashishi mumkin edi, biroq endi unda hal qiluvchi musobaqaga o‘zining eng yaxshi formasida borish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Xarri Keyn

Keynsiz qolgan “Tottenhem” juda ojizlanib qolgani bor gap. Angliya terma jamoasida ham bugungi kunda Keyndan kuchliroq hujumchi yo‘qligini barcha yaxshi anglab turibdi. Shu sababli, ushbu futbolchining safga qaytishiga imkon bergani uchun inglizlar Yevro-2020ning qoldirilganidan sira ranjishmadi. Shu o‘rinda Xarrining mehnatsevarligini ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Futbolchi allaqachon to‘p bilan ishlashni boshlab yuborgan. Aytishlaricha,u aprelyoyida to‘liq jarohatidan forig‘ bo‘ladi. Musobaqaning qoldirilishi esa, uning o‘z formasini tiklab olishi uchun juda yaxshi imkoniyat ekanligi haqiqat.

Markus Reshford

Angliya terma jamoasi uchun muhim bo‘lgan yana bir kerakli kadr. Markusning Yevroni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgach, inglizlar Jeymi Vardini terma jamoaga qaytarish ishlarini boshlab yuborishgan edi. 2018-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Vardini bezovta qilishning hojati yo‘q. Reshford 2021-yilga qadar barcha jarohatlaridan qutilishi aniq.

Memfis Depay

Ijtimoiy tarmoqlarda juda mashhur bo‘lgan futbolchining Gollandiya terma jamoasi uchun qanchalar muhim figura ekanligidan xabaringiz bor. Butun boshli qanotga javob beruvchi futbolchi Yevropa chempionatidan quruq qolishi haqidagi xabar “lolalar yurti” muxlislarini xafa qilgan edi, biroq qit’a birinchiligi kelasi yilga qoldirildi. Endilikda, Depay nafaqat jarohatdan qutilishi, balki o‘zining eng yaxshi sport formasiga kirib olishi uchun ham yetarlicha vaqt mavjud.

Jenk Tosun

“Everton”dan “qochib ketgan” turk “Kristal Pelas” safida debyut uchrashuvidayoq gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Afsuski, u keyin yana jarohat oldi. Yakunda baribir yana “Liverpul”shaxriga qaytib keldi va jarrohlik stoliga yotdi. Shu o‘rinda,uning Turkiya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi ekanligini aytib o‘tish joiz. Yangilangan va yoshartirilgan jamoada Tosun yetakchilik qilishi ko‘zda tutilgan edi. Yaxshiyamki,musobaqa kelasi yili o‘tkaziladi. Aks holda, Turkiya Yevropa chempionatini chinakam yetakchi futbolchisisiz o‘tkazishi to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi.

Jo Allen

Uelslik yarim himoyachi yodingizdami? Ayni damda Chempionshipda “javlon urayotgan” bo‘lishiga qaramay, Uels terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri sanaladi. O‘tgan oyda boldir suyagini sindirib olgach, yarim himoyachining Yevroni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib ulgurgan edi. Bugunga kelib unda Yevropa birinchiligida ishtirok etish uchun Beyldan ko‘ra yaxshiroq imkoniyat mavjud.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:21, 19.03.2020.
O'qildi: 5363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.