Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

AFC.com Markaziy Osiyoning yosh yulduzlari bilan tanishtirdi

AFC.com Markaziy Osiyoning yosh yulduzlari bilan tanishtirdi

Baho:
+ | -

Markaziy Osiyoning yosh yulduzlari

Katta futboldan xordiq olayotgan bir paytimizda, kelajak yulduzlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Bugun o‘ziga xos tarixga ega Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan iqtidorli futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Bugun the-AFC.com qit’aning markaziy qismidagi 7 nafar iqtidorli futbolchi bilan tanishtirib o‘tadi.

Guljigit Aliqulov (Qirg‘iziston)
Yarim himoyachi, 19 yosh, “Qayrat” FK (Qozog‘iston)


2019-yilda terma jamoa safida debyut qilgan futbolchi tezda mashhurlikka erishgani rost. U ortda qolgan yil davomida bir nechta ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi va Qirg‘izistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof qilindi. Ayniqsa, uning BAAda bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligidagi debyuti juda omadli chiqdi. Bundan tashqari, Olma-otaning “Qayrat” jamoasiga o‘tguniga qadar Belarusning “Neman ” jamoasida muvaffaqiyatli to‘p surib kelayotgan edi.

Oston O‘runov (O‘zbekiston)
Yarim himoyachi, 19 yosh, Ufa (Rossiya)

Yarim himoya va tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qilishga qodir O‘runov “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Shunga qaramay, u 16 yoshida “Navbahor” jamoasida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Endigina 19 yoshga kirganiga qaramay, Superliganing 50 dan ortiq uchrashuvlarida maydonga tushishga ulgurgani tahsinga sazovor.

Qahramonimiz turli yoshdagi terma jamoalardagi o‘yinlari bilan Rossiyaning “Ufa” jamoasi e’tiborini tortdi. Quvonarlisi shundaki, RPL to‘xtatilguniga qadar Oston “Krasnodar”, “Zenit” va SSKA klublariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishga ulgurdi.

Rustam Soirov (Tojikiston)
Hujumchi, 17 yosh, Istiqlol

Bu futbolchi butun Osiyoni hayratda qoldirgan Tojikiston (U16) jamoasining asosiy yetakchilaridan biri sanaladi. 2018-yilda Malayziyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligining finaliga qadar yetib borgan tojikistonlik yoshlar orasida Soirov ham bor edi.

Quvonarlisi shundaki, oradan bir yil o‘tib Rustam o‘z o‘yinlarini JCHda ham davom ettirdi va Argentina darvozasini ishg‘ol qildi.

Yosh va iqtidorli futbolchi nomi endi ortda qoldi. Qahramonimiz bugungi kunda Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga o‘tgan va o‘z imkoniyatlarini barchaga isbotlab berishi talab etiladi.

Allohyor Sayidmanesh (Eron)
Hujumchi, 18 yosh, FenerbahchYE (Turkiya)

Eron terma jamoasida debyut qilgan eng yosh futbolchi Allohyor Sayidmanesh haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Qahramonimiz 17 yoshidayoq milliy jamoaning Suriyaga qarshi uchrashuvida ko‘rinish berdi. Bu ish uning “Fenerbahche” jamoasi bilan shartnoma tuzganidan so‘ng amalga oshdi.

Bugungi kunda “Fenerbahche” yosh va iqtidorli futbolchi bilan shartnomani uzaytirgan va uni “Istanbulspor” klubiga ijaraga berdi.

Yaqindagina yakunlangan U23 qit’a birinchiligi chog‘ida Allahyor nimalarga qodir ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda, uning o‘yinini stadiondan turib bir nechta katta klublarning skautlari ham kuzatgan.

JasurJaloliddinov (O‘zbekiston)
Yarim himoyachi, 17 yosh, Bunyodkor

Jasur nafaqat markaziy, balki butun Osiyo qit’asining eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaladi. O‘tgan mavsumda “Bunyodkor” jamoasi safida 20 ta uchrashuv o‘tkazgan o‘spirin asosan hujumda ko‘rinish berdi va asosiy tarkib futbolchisi ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi.

Uning mehnatlari evaziga O‘zbekiston futboli uni yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etdi. U Belarusga qarshi uchrashuvda milliy jamoa libosida ham ko‘rinish berishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, u “The Guardian” nashri tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari ro‘yxatidan joy olgan.

Beknaz Almazbekov (Qirg‘iziston)
Hujumchi, 14 yosh, Galatasaroy (Turkiya)

Bizning ro‘yxatimizdagi eng yosh futbolchi. Beknaz dunyo futbol muxlislari e’tiboriga nohaq belgilangan penaltini atayin noaniq amalga oshirgani bilan tushdi. Shunga qaramay, bu uning eng zo‘r fishkasi emas.

“Galatasaroy” jamoasi sardori iyunyoyida 15 yoshga to‘ladi. Shunga qaramay, u allaqachon Qirg‘iziston U16 jamoasi safida o‘tgan yilning sentyabr oyida ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Almazbekov futbol sir-asrorlarini Turkiyaning eng mashhur jamoasida olmoqda. Bu uning vatanida futbolga bo‘lgan e’tiborning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Aynan uning ishonchli o‘yini sababli skautlar qirg‘iz futbolchilarini ham kuzatishni boshlashdi.

Muhriddin Hasanov (Tojikiston)

Darvozabon, 17 yosh, “Xo‘jand”

Bugungi ro‘yxatimizdagi yagona darvozabon. Malayziyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Tojikistonni finalga qadar yetaklagan posbon Muhriddin Hasanov bilan tanishing. Aynan u KXDR bilan bo‘lgan uchrashuvda ikkita penaltini bartaraf etgancha Tojikistonga JCH yo‘llanmasini taqdim etgan edi.

U “TheGuardian” nashri tomonidan e’lon qilingan “top-60”dan o‘rin olgan yana bir markaziy osiyolik futbolchi sanaladi. Bugungi kunga kelib u “Xo‘jand” klubi safida tajribali Ma’mur Ikromov bilan asosiy tarkib uchun kurash olib bormoqda.

Manba: The-AFC.com
Kiritildi: 16:36, 19.03.2020.
O'qildi: 7060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.