«Milan» darvozaboni Janluidji Donnarumma katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.
"La Gazzetta Dello Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, "rossoneri" rahbariyati va posbon o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish borasidagi muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Donnarummaning milanliklar bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakuniga yetadi.
Shu bois, 21 yoshli futbolchi kelasi mavsumda erkin agent sifatida tark etmasligi uchun "Milan" uni ushbu mavsumda sotib yuborishi mumkin.
Donnarummaga asosiy da’vogar sifatida "PSJ" tilga olinmoqda.