Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 2-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 1-0 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-1 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Xayrulla Hamidov maqolasi: Dejavyu

Xayrulla Hamidov maqolasi: Dejavyu

Baho:
+ | -

Bugun 24 mart. Futbolchilar, murabbiylar, klublarga qarab chiqdim, ichida pichoqqa ilinadigani topilmadi. Shuning uchun o‘yinlarni axtardim va topdim. 2012 yilgi 24 martdan.

“Milan” – “Roma” o‘yini. Milanliklarning 2:1 hisobidagi ajoyib g‘alabasi.

Bu o‘yinni hozir eslash ham boshqacha his ulashadi. Italiya A seriyasining shonli davrlari tugayotgan, “Milan” oxirgi marta chempionligini himoya qilayotgan va “Yuventus”ning qo‘rqinchli davri boshlanayotgan onlar. Va tabiiyki, Italiya futboliga dalda bo‘lish uchun ham shu o‘yinni tanladim.

“San Siro”da kechgan bahs “Milan” uchun muhimroq edi. Klub yana chempionlik uchun kurashayotgandi. Tarkibi ham yulduzli edi. Darvozada Abyati, Himoyada Dzambrota va Tyago Silva, yarim himoyada Ambrozini, Boateng Kevin Prins, Stefan Ash-SHaraviy va Alberto Akvilani, hujumda Zlatan Ibrahimovich. Ha, buyog‘i dejavyu – o‘sha Zlatan yangi o‘n yillikda ham haliyam “tirik” va hozir ham shu libosda. Milanliklar zaxirasida Alessandro Nesta va Klarens Zeedorf o‘tirganidan ham jamoa mavqei qandaydiligini bilib olamiz.

Raqib bo‘lmish “Roma”ning ayrim o‘yinchilariga ham nazar: Stekelenburg – posbon, Gabriel Xaynse, Simon Kyer, Daniele de Rossi, Erik Lamela, Franchesko Totti, Miralem Pyanich, Boyan Krkich.

Endi murabbiylarga qarang: “Milan”da Massemiliano Allegri, “Roma”da Luis Enrike. Ajoyib retro.

O‘yinning o‘ziga kelsak, hisobni mehmonlar vakili Osvaldo ochgan, tanaffusga “Roma” g‘olib holda chiqib ketgandi.

Tanaffusdan so‘ng, Zlatan 53 va 83-daqiqalarda o‘z hisobiga gol yozib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagan. Yana dejavyu, hozir ham “Milan”da xaloskor o‘sha qariya...

Ba’zi narsalar shiddat bilan o‘zgarsa-da, vaqt hukmiga bo‘ysunmaydigan kuchlar borligiga eng yaxshi hujjat..

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/x_hamidov

Шундай футболни қайтишини соғинган ҳолда, эътиборингизга ўша учрашувнинг энг ҳаяжонли вазиятларини улашамиз.

Kiritildi: 07:09, 24.03.2020.
O'qildi: 3483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.