«PSJ» darvozaboni Keylor Navas yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi tufayli oilasi bilan birgalikda Kosta-Rikaga qaytishga qaror qildi.
Manbaga ko‘ra, Parijdan San-Xose shahrigacha xususiy samolyotda uchib borish uchun 200 ming yevro sarflagan. Kosta-Rika hukumati qaroriga ko‘ra Nafas va uning oilasi 14 kun davomida karantin saqlashi kerak.
Avvalroq Neymar, Tiago Silva va Edinson Kavani «PSJ»ni tark etib, o‘z uylariga qaytishgan edi.