Italiyalik mashhur sobiq futbolchi Andre Pirlo "Barselona"da ishlash haqida hazil qildi.
"Yuventus yoshlari? Yo‘q, men bu jamoani boshqarmayman. Menda boshqa juda ko‘plab takliflar bor. Yordamchi murabbiy bo‘lib ishlash uchun tayyor joy bor. Ehtimol, xorijdan takliflar tushib qolar.
Meni "Barselona"da kutishmoqda. Albatta, bu hazil. Birinchi ishni tanlayotganda xato qilish mumkin emas. Juda ko‘plab takliflar bor", - Pirloning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.