Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Qoldirilgan Tokio Olimpiadasining o‘tkazilish sanalari ma’lum bo‘ldi

Qoldirilgan Tokio Olimpiadasining o‘tkazilish sanalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, koronavirus sabab joriy yil Tokio shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilga surilgan edi. Ayni paytda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Yaponiya hukumati va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bilan musobaqaning kelgusi yilda o‘tadigan reglamenti bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Shubhasiz, bu muhokamada asosiy mavzu Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish sanasi bo‘ldi. Rasmiy e’longa ko‘ra, kelasi yil o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari 1 kunga o‘zgardi va 23 iyul – 8 avgust kunlariga belgilandi.

Bu bilan joriy yili o‘tishi kerak bo‘lgan sanalarda deyarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Qolaversa, musobaqaning dasturini yangilashda, sportchi va murabbiylarning rejalariga katta ta’sir o‘tkazmasligi nazarda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, rejaga ko‘ra Olimpiya o‘yinlari shu yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar o‘tishi belgilangan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:59, 30.03.2020.
O'qildi: 4077 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик