Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Alisher Usmonov yurtimizda koronavirusga qarshi kurash yo‘lida 20 million AQSH dollari ajratdi

Alisher Usmonov yurtimizda koronavirusga qarshi kurash yo‘lida 20 million AQSH dollari ajratdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Asli O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Alisher Usmonov yurtimizda koronavirusga qarshi kurashda olib borilayotgan harakatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shdi. “O‘zbekiston24” telekanalining ma’lum qilishicha, Alisher Usmonov ushbu sa’yi harakatlar uchun 20 million AQSH dollari miqdoridagi pulni beg‘araz hadya qilmoqda.

«Taniqli tadbirkor, mesenat Alisher Usmonov ham davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘z hisobidan xayriya mablag‘lari o‘tkazayotgan saxiy yurtdoshlarimiz qatorida shu kunlarda jadallik bilan bunyod etilayotgan mazkur kasalxona qurilishiga baholiqudrat o‘z hissasini qo‘shish niyatida ushbu shifoxonani eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun 20 million dollar miqdorida mablag‘ni ajratdi.

Bu mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi va xalqimiz salomatligini muhofaza qilish va tiklash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan bunyod etilayotgan mazkur kasalxonani zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi«, – deyiladi telekanalda aytib o‘tilgan xabarda.

Ayni paytda Toshkent shahri va viloyatida katta hududlar karantinga olinadigan insonlar uchun maxsus joylarga aylantirilmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:46, 01.04.2020.
O'qildi: 3611 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.