"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deb yozadi Radio Cooperativa.
"Atletiko" 31 yoshli futbolchiga da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, chililik futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi, joriy mavsumda u "Inter"da ijarada to‘p surmoqda.