Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Xayrulla Hamidov maqolasi: Alamli g‘alaba

Xayrulla Hamidov maqolasi: Alamli g‘alaba

Baho:
+ | -

2018 yilning 4 aprel kuni YECHL chorak finalida "Kamp nou"da "Barselona" "Roma"ni qabul qilgan. Birinchi o‘yin. Bu juftlikda shubhasiz Ispaniya chempioni favorit, Rim klubi turnirning oxiriga yetib kelgan jamoa sifatida qaralardi.

Bu xulosaga Kataloniyada o‘tkazilgan o‘yin yanada yaqinlashtirdi. Chunki uchrashuv "Barsa"ning tinimsiz hujumlari bilan boshlandi. Bo‘lim tugashi arafasida Daniele De Rossi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Tanaffusdan so‘ng bu ishni Kostas Manolas takrorlab berdi. "Barselona" raqibning ikki avtogolidan so‘ng o‘zi ham gol urishi kerakligini angladi va o‘yinning birinchi soati tugayotganda Pike katta sahnaga chiqdi.

"Roma" Italiyadan Ispaniyaga kelgan muxlislari haqqi hurmati nihoyat hujumlar uyushtirishni boshladi. Shu bois, 80-daqiqada Edin Jeko tomonidan kiritilgan gol mantiqiy gol bo‘ldi.

Ammo "Barselona" keyingi o‘yinni o‘ylamaslik uchun ham birinchi uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozonishga ahd qildi. Luis Suaresning goli "Barselona"ga ajoyib natija tuhfa etdi – 4:1.

Rimdagi kanikullarga bemalol borishimiz mumkin, deyishdi kataloniyaliklar.

Bu o‘yin aynan javob uchrashuvi bilangina mohiyat kasb etadi. Alohida olinganida eslashga arzimaydi. Rimda nima bo‘lganini muxlislar yaxshi bilishadi. Uyda bitta bo‘lsa ham gol o‘tkazib yuborishning oqibati nechog‘li og‘ir bo‘lishiga eng yaxshi misol – shu o‘yin.

Ba’zi urilgan gollardan xulosa qilsak, adolat qaror topgandek. Chunki bu kecha ham beshta goldan uchtasini "Roma" futbolchilari kiritishgandiku...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: @xayrulla_hamidov

ЕЧЛ, чорак финал, дастлабки ўйин. «Барселона» - «Рома» - 4:1.
Бир эслайлик, а?!

Kiritildi: 07:18, 04.04.2020.
O'qildi: 3747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.