Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Malayziya, Tojikiston, Qirg‘iziston chempionatlarida o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchi bilan suhbat

Malayziya, Tojikiston, Qirg‘iziston chempionatlarida o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchi bilan suhbat

Baho:
+ | -

Surxondaryo futbolining yana bir tajribali futbolchilaridan biri, 2017-2018 mavsumda «Surxon» jamoasida to‘p surgan Sirojiddin Allayev bilan suhbat uyushtirdik.

— Sirojiddin Allayev bugungi kunda qayerda va nimalar bilan mashg‘ul?
— Eng avvalo e’tibor uchun rahmat aytaman. Men bugungi kunda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridaman. Men Qirg‘izistonning 11 karra chempioni va kubogi sohibi, AFKning doimiy ishtirokchilaridan biri Bishkekning «Dordoy» klubidaman. Men klubga fevral oyi boshlarida kelib qo‘shildim. Jamoa bilan Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etdim. Bu jamoani bugungi kunda Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi va rossiyalik tajribali mutaxassis Aleksandr Krestinin boshqarib boradi. Bu jamoa bilan yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdim. Qirg‘izistonda ham barcha davlatda bo‘lgani kabi karantin sababli chempionat bahslari boshlanmagan. Hozirda klub qarorgohida istiqomat qilyapman.

— Futbolga qanday kirib kelgansiz? Ilk murabbiyingiz kim bo‘lgan?
— Futbolga kirib kelishimga tog‘am sababchi bo‘lgan. Tog‘am meni va akamni bolalar va o‘smirlar sport maktabiga olib kelgan. U yerda Yusuf Temirov va Jamshid Raximov qo‘l ostida shug‘ullana boshladim. Ushbu insonlar meni professional futbolga kirib kelishimga katta yordam bergan. Professional futbolga meni marhum Ravshan Do‘rmonov olib kirgan. Axmed Eshqurbonov ham o‘z yordamini bergan va katta hissa qo‘shgan. Bundan tashqari, Akmal Xasanov ham katta yordam ko‘rsatgan. «Nasaf» jamoasiga borib qo‘shilishimga aynan Akmal Xasanov sababchi bo‘lgan. Keyinchalik yana o‘sha marhum Ravshan Do‘rmonov meni «Bunyodkor» jamoasiga olib borgan. Shu fursatdan foydalanib, meni umuman futbolga kirib kelishimda o‘z yordamini ayamagan barcha murabiylarimga rahmat aytaman.

— 2017 yili «Surxon» jamoasida yorqin porlagan Sirojiddin Allayevning so‘nggi paytlarda o‘yinlarida biroz pasayishni ko‘rgandek bo‘layabmiz. Bunga sabab nimada?
— To‘g‘ri, 2017 yilga qaraganda hozirgi vaqtda ancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Kichik-kichik jarohatlarni ko‘p oladigan bo‘ldim. Birinchi jarohatdan qutulib, endi qaytaman deganimda ikkinchi jarohatni oladigan bo‘ldim. Menimcha, ushbu jarohatlar sabab, o‘yinimda pasayish bo‘ldi deb o‘ylayman. Xudo xohlasa, hammasi ortda qoldi deb o‘ylayman va hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilayabman. Tinimsiz o‘z utimda ishlashda davom etayabman va nasib qilsa yana muvaffaqiyatlarga erishaman.

— Sizni ko‘pchilik tajribali himoyachi sifatida taniydi. Lekin siz Malayziyada to‘p supganizda hujumchi sifatida harakat qilgansiz. Aytingchi, siz rostdan ham hujumchi bo‘lib harakat qilganmisiz?
— To‘g‘ri, bunaqa vaziyatlar bo‘lgan. Malayziyaning «ATM FA» klubida to‘p surganimda, jamoa murabbiylarining hujumchilardan ko‘ngli to‘lmagan va meni hujumda sinab ko‘rgan. Hujumda samara berganim sababli yana mening hizmatimdan foydalanishgan. Nafaqat Malayziyada balki «Mash’al» jamoasida ham shu chiziqda o‘ynagan paytlarim bo‘lgan. Menimcha, meni hujum chizig‘ida sinab ko‘rishga sabab, mening bo‘ydorligim va bosh bilan o‘ynashim ko‘proq ma’qul kelgan bo‘lsa kerak.

— O‘zi umuman Malayziya futboli haqida bizga ma’lumot bersangiz. Siz u yerga qanday borib qoldingiz?
— Malayziya haqida gapiradigan bo‘lsam, Malayziya chempionati O‘zbekiston chempionatiga qaraganda saviya jixatdan biroz pastroq bo‘lishi mumkin. Terma jamoalardagi farq ham biroz O‘zbekiston ustunligini ko‘rsatadi. Lekin bugungi kunda klublar o‘rtasida raqobat kuchli. U yerda Braziliya, Argentina, Germaniya, Xorvatiyadan kelgan juda nomdor legionerlar ham to‘p suradi. Malayziyada mahalliy futbolchilarning saviyasi teng bo‘lishi mumkin. Lekin qaysi jamoaning legionerlari kuchli bo‘lsa, o‘sha jamoa doim g‘olib kelardi. Malayziyada ham bir qator O‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surardi. Malayziyaga meni «Mash’al» jamoasi bosh direktori Ilhom Qurbonov jo‘natgan. U kishi menga taklif bildirgan. Xorijdan taklif bo‘layapti. O‘ylab ko‘rgin. U yerga borib o‘zingni ko‘rsat va o‘zinga va oilanga ozroq bo‘lsada moliyaviy yordam qilgan bo‘lasan dedilar va men bu taklifni o‘ylab ko‘rgach, rozi bo‘lganman.

— Siz so‘nggi paytlarda jamoaningizni tez-tez almashtirayabsiz. «Surxon», «Regar-TadAZ», «Mash’al» va mana hozir «Dordoy». Xo‘sh, bunga sabab nima?
— Bunga sabab, yuqorida aytganimdek jarohatlar olayotganim va o‘yin amaliyoti kam bo‘layotganligi sabab bo‘lmoqda deb o‘ylayman. Tojikistonda o‘ynagan paytim jarohat oldim va ozroq vaqt o‘tgach «Mash’al» jamoasiga borib qo‘shildim. U yerda ham jarohat oldim va ancha vaqt o‘yin amaliyotisiz qolib ketdim. Hozirda hammasi yaxshi. Yana professional futbolchi sifatida kuchli jamoalarda o‘ynashga kuch-quvvatim yetadi deb o‘ylayman.

— Sizni «Surxon» jamoasiga  kim taklif qilgan edi va nega jamoani tark etdingiz?
— Meni «Surxon» jamoasiga shaxsan Igor Anatolyevich  Shkvirin taklif qilgan. «Regar-Tadaz» jamoasiga borganimda menga qo‘ng‘iroq qilib, «Surxon» jamoasiga kelib, yordam berishimni so‘radi va shu zaxoti taklifdan hursand bo‘ldim va jamoaga kelib qo‘shildim. Jamoa oldiga qo‘yilgan ulkan maqsad uchun, birga kurashishga harakat qildim. «Surxon» jamoasi bugungi kunda Superligada to‘p surmoqda. Oz bo‘lsada hissam tekkan bo‘lsa, men bundan hursandman. 2019 yili «Surxon»da murabbiylar shtabi o‘zgardi va meni taklif qilmagach, boshqa jamoaga o‘tdim.

— Sizningcha, «Surxon» jamoasi nega 2018 yil o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmadi?
— Shu yili oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olmaganimizga sabab, menimcha murabbiylar almashinuvi bosh sabab bo‘ldi deb o‘ylayman. Ularning bir-biri bilan ko‘pincha kelisha olmasligi futbolchilarga ta’sir o‘tkazdi deb o‘ylayman. Shunga qaramasdan jamoada tajribali futbolchilar borligi sabab o‘zimizni ancha o‘nglab oldik deb o‘ylayman. Lekin yakunda ichki muhit baribir bizga ta’sir qildi deb o‘ylayman.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 14:27, 08.04.2020.
O'qildi: 4200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.