Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Ular kelasi mavsumda qaytadi!

Ular kelasi mavsumda qaytadi!

Baho:
+ | -

Stadion.uz bu murabbiylarning kelasi mavsumda yana katta futbolga qaytishiga shubha qilmaydi. Ular futbolsiz uzoq yashay olmasligiga ishonish qiyin.

Ernesto Valverde

Mayli, u “Barselona”ning buyukligiga buyuklik qo‘sha olmagandir, biroq uning ikki bor Ispaniya chempionatida zafar quchganini va bir bor kubokda zafar quchganini unutmaslik lozim! Valverde o‘z ishini chakki uddalamadi, shunchaki u tashqi bosimga dosh bera olmadi xolos. Shunga qaramay, “Barselona” singari katta klubda orttirilgan tajriba istalgan yangi jamoada qo‘l kelishi turgan gap. Qattiqqo‘l murabbiy Messisiz jamoada o‘zining pragmatik futbolini yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Ernestoga talab ayni damda ham yetarlicha topiladi. Quvonarlisi shundaki, u bilan nafaqat Ispaniya, balki Yevropaning boshqa klublaridan ham takliflar kelib tushmoqda. Shu o‘rinda unutmaslik lozimki, qahramonimiz o‘z vaqtida Gresiyaning “Olimpiakos” jamoasida ham muvaffaqiyatli ish olib borgan. “Marca” nashrining ma’lum qilishicha, “Barsa” “chumoli”ning iste’foga chiqarganidan afsuslanayotgan ekan. “Barselona”dek klub qadrlayotgan murabbiy jamoasiz qolib ketishiga ishonish qiyin.

Unay Emeri

Emerining “Arsenal” tepasiga kelishi avvaliga ajoyib yechimdek ko‘ringan edi, biroq yakunda ikki tomon uchun ham falokatga aylanib ketdi. Yevropa Ligasi finalidagi “Chelsi”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng, Emeri va futbolchilar o‘rtasidagi aloqalarga putur yetgani rost. Shunday bo‘lsada, uning o‘z vaqtida iste’foga chiqqanini ham unutmaslik lozim. Unay PSJ, “Arsenal” singari grand klublarning sobiq murabbiyi sifatida uzoq vaqt ishsiz qolib ketmasligi aniq. Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, qahramonimizda Ispaniya va APL klublaridan takliflar mavjud ekan. “Valensiya”, “Sevilya” singari klublar bilan yaxshi natijalarga erishgan murabbiy La Ligaga qaytishi haqiqatga yaqindek tuyulmoqda. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Mauriso Pochettino

O‘tgan mavsumdagi eng shov-shuvli iste’fo sifatida qabul qilingan Pochettino borasida uzoq so‘zlash mumkin. Argentinalik murabbiy Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ga boy berilgan o‘yindan 5 oy o‘tib o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. Tan olish lozim, o‘sha finaldan so‘ng, Pochettino uzoq vaqt o‘ziga kela olmadi. U shu qadar tushkunlikka tushib qoldiki, deyarli hech narsa uni qiziqtirmay qo‘ydi. Oqibatda, “shporlar”ning natijalari ham xunuklashib ketdi. Pochetino chinakam yaratuvchi murabbiy. U klubga moslashgach, futbolchilarini dunyo darajasidagi ijrochilarga aylantirish qobiliyatiga ega. Katta ehtimol bilan qahramonimiz grand klublardan taklif kutmoqda.

Massimiliano Allegri

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng sovrindor va taniqli mutaxassislardan biri. Uzoq yillar davomida A Seriyada o‘z nomini va o‘yin uslubini yaratishga muvaffaq bo‘lgan murabbiy “Yuventus” boshqaruvini qo‘liga olguniga qadar katta yo‘lni bosib o‘tganidan xabaringiz bor. “Zebra”lar bilan YECHLning ikkita finalida o‘ynagan murabbiyni boshqa chempionatda nimalarga qodir ekanligini ko‘rish barcha uchun birdek qiziq bo‘lishi turgan gap. Qahramonimiz 1 yillik ta’tildan so‘ng, yangi loyihani ishga tushirishga ishonchimiz komil.

Markus Silva

Silva “Everton”ning yangi avlodini g‘oliblik sari yetaklashi ko‘zda tutilgan edi. Yosh va g‘alabaga chanqoq murabbiy “irislar”ni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga biroz tajribasizlik qildi. Oqibatda, klub uning o‘rniga ko‘pni ko‘rgan Karlo Anchelottini jamoaga taklif etdi. O‘ylashimizcha, APL jamoalaridan biri Markus uchun ikkinchi imkoniyatni taqdim etadi. Shunchaki biroz sabr qilish kerak xolos...

Leanardu Jardim

PSJ gegemonligiga oddiy klub bilan qisqa fursatga barham bergan murabbiyni bugungi ro‘yxatga qo‘shmaslikning iloji yo‘q. Chempionlar ligasidagi ajoyib yurishdan so‘ng, Jardim jamoasini grandlar “xomtalash” qilib tashlagach, portugaliyalik mutaxassis barchasini qayta ishga tushirishga ulgurmay qoldi. Anri hech narsani uddalay olmagach, uni “Monako” yana ortga qaytardi, biroq yana omadsizlik. Yosh futbolchilardan yulduzlarni “yasash” borasida benazir bo‘lgan Jardimni Yevropaning istalgan o‘rtamiyona klubi o‘z jamoasida ko‘rishdan baxtli bo‘lishi turgan gap.

Manuel Pellegrini

“Vest Xem” chililik murabbiy qo‘lostida APLni yaxshi boshladi. Afsuski, keyin omadsiz o‘yinlar seriyasi boshlanib ketdi va bu Pellegrinining iste’fosi bilan yakunlandi. 66 yoshni qoralagan mutaxassis bugungi kunda ajoyib formada. “Manchester Siti” bilan Gvardioladan uzoqroqqa borgan murabbiy o‘zini juda yaxshi his etmoqda. Shunday ekan, undagi yana bir ajoyib yurishni amalga oshirish imkonini hech kim tortib olganicha yo‘q.

Ya . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:13, 11.04.2020.
O'qildi: 7981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.