Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Jasur Yaxshiboyev: «Maqsadim — «Paxtakor»ga qaytish emas, Yevropaning kuchli jamoasiga o‘tish»

Jasur Yaxshiboyev: «Maqsadim — «Paxtakor»ga qaytish emas, Yevropaning kuchli jamoasiga o‘tish»

Baho:
+ | -

Belarusning "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiy saytiga intervyu berdi.

— Jasur, sizni Belarus chempionatidagi ajoyib start bilan tabriklayman. Ushbu muvaffaqiyat siz uchun kutilmagan hol bo‘ldimi? Buning sababi nimada?
— Belarus chempionatining ilk turida ajoyib start oldik. Ko‘pchilik BATEni mag‘lub etishimizni kutmagan edi. Chunki, bu klub Yevropada nom chiqargan. Ammo butun uchrashuv davomida biz katta ishtiyoq bilan harakat qildik. Shuningdek, debyut o‘yinimda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim. Maydonda o‘z vazifamni bajarish va gol urish muhim ahamiyatga ega edi. Hujumchi hamisha raqib darvozasini ishg‘ol qilishi kerak. Men ham doimo shunga harakat qilaman.

— Belarus chempionati boshlanishidan oldin qanday maqsadlarga erishishni maqsad qilgan edingiz?
— Belarus chempionatiga o‘tishdan asosiy maqsadim — bu yerda o‘zimni ko‘rsatib, keyinchalik Yevropaning kuchliroq jamoasi bilan shartnoma imzolash. Mening maqsadim — har bir uchrashuvda gol urish va jamoadoshlarimning gol urishiga yordam berish. Belarus chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman.

— BATEga qarshi birinchi o‘yinda 2ta gol urdingiz va jamoangiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Muxlislar sizning o‘yiningizga qanday baho berishdi?
— BATE kabi kuchli jamoaga qarshi o‘yinda ikkita gol urish — ajoyib natija. Ko‘pchilik buni iliq qabul qildi. Ko‘p muxlislar juda xursand bo‘lishdi. Belarusda meni odamlar taniy boshladi.

— Belarus va O‘zbekiston chempionatlarini taqqoslay olasizmi?
— Belarus va O‘zbekiston chempionatlarini taqqoslaganda, o‘yin uslubi bo‘yicha kichik farq mavjud. Har bir chempionatining kuchli tomoni bor. Bu yerda Yevropaga yaqin futbol namoyish etiladi. Belarus chempionati saviyasi yaxshi darajada.

— Siz legioner sifatida ilk marta xorij jamoasida o‘ynayapsiz. Maydon va uning tashqarisida qanday farqlarni his qilyapsiz?
— Faoliyatimda ilk marta legionerga aylandim. Legioner hamisha mahalliy futbolchilardan kuchli bo‘lishi kerak. Shuning uchun har bir uchrashuvda mahalliy o‘yinchilarga nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishim kerak. Xorijda to‘p tepishning ko‘p ustunliklari bor. Inson sifatida ham o‘sish mumkin. Shuningdek, futbolchi sifatida o‘sish uchun yaxshi imkoniyatga egaman.

— Belarus chempionati — hozirda davom ettirilayotgan kam sonli futbol ligalaridan biri. O‘yinchi sifatida sizga diqqat bilan e’tibor qaratishayotganini his qilyapsizmi?
— Ha, hozirda Belarus chempionati davom ettirilayotgan jahondagi kam sonli futbol musobaqalaridan biri hisoblanadi. Ko‘p mamlakatlar hozirda ushbu chempionatni o‘z yurtlaridan translyasiya qilmoqda. Jahon bo‘ylab Belarus Oliy ligasini kuzatishmoqda. Bu o‘yinchilar uchun ajoyib reklama va zo‘r imkoniyat. Aynan shuning uchun men har bir bahsda o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishga intilyapman.

— «Energetik»ning o‘tgan mavsumdagi to‘purar Ilya Shkurin SSKA bilan shartnoma imzoladi. Agar yaxshi o‘yin ko‘rsatishda davom etsangiz, kuchliroq chempionatga ko‘chib o‘tishingiz mumkin. Yoki siz «Paxtakor»ga qaytmoqchimisiz?
— Ha, o‘tgan yili Belarus chempionatining eng yaxshi to‘purari bilan Ilya Shkurin ushbu mavsumda SSKAga o‘tdi. Endi menda ham shunday imkoniyat mavjud. Mavsum davomida yaxshi o‘yin ko‘rsatsam, menda ham kuchli chempionatga yo‘l olish va grand jamoalar sharafini himoya qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mening maqsadim — Yevropada o‘ynash. «Paxtakor»ga qaytmoqchi emasman.

— O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etdingiz. Jamoa yarim finalga chiqdi, ammo olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Lekin siz yaxshi o‘yin ko‘rsatdingiz. Ortga nazar tashlagan holda musobaqaga qanday baho berasiz: muvaffaqiyatli, o‘rtacha yoki yomon?
— Tailanddagi musobaqada O‘zbekiston yarim finalga chiqdi. Lekin asosiy maqsadimiz Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat edi. Aslida, yarim final — yomon natija emas. Ammo biz yozgi olimpiya o‘yinlariga chiqa olmadik. Shuning uchun bu natijani muvaffaqiyatsiz deb hisoblayman.

— 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan chiqarilgan eng katta saboq nimadan iborat?
— Ushbu musobaqada biz o‘z mahoratimizni oshirdik. Musobaqa yuqori saviyada o‘tdi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati — yosh o‘yinchilarga o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Ushbu turnirdan faqat yaxshi taassurotlar qoldi.

— Hozir 22 yoshdasiz. Ayni paytda xalqaro futbol qachon davom ettirilishi aniq emas. Ammo siz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turganingiz uchun terma jamoaga tezroq qaytishingiz mumkinmi?
— Milliy jamoa sharafini himoya qilish — har bir futbolchining orzusi. Men ham Belarus chempionati yaxshi o‘yin ko‘rsatib, O‘zbekiston terma jamoasidan taklif olaman, deb umid qilaman. Kelajakda O‘zbekiston milliy jamoasining doimiy a’zosi bo‘lishni istayman. Terma jamaomizga manfaatim tegishini istayman.

Manba: the-afc.com
Kiritildi: 15:31, 15.04.2020.
O'qildi: 4921 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.