Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Zo‘r futbolchi bo‘lish uchun og‘ir sharoitda katta bo‘lish shart emas

Zo‘r futbolchi bo‘lish uchun og‘ir sharoitda katta bo‘lish shart emas

Baho:
+ | -

Futbol bugungi kunda insonlar uchun boylik orttirishning yo‘llaridan biriga aylanib bo‘ldi. Ayniqsa, Afrika va janubiy amerikalik bolakaylar uchun bu sport turi to‘kin hayot kalitiga aylanib bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, biz bugun umuman boshqacha muhitda katta bo‘lgan futbolchilar haqida so‘zlashamiz. Sezganingizdek, bugun badavlat oilalarda katta bo‘lishiga qaramay futbolda ulkan g‘alabalarga erishgan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

Robin Van Persi

Bu hujumchi bemalol dizayner yoki haykaltarosh bo‘lishi mumkin edi. Buning uchun ota-onasining yo‘lidan borishning o‘zi kifoya edi, biroq ulg‘aygani sari futbolning hayotidagi roli qanchalar muhim ekanligini tushunib bordi. Qahramonimizning yoshligi havas qilsa arzigulik darajada o‘tgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Robinning dadasi Gollandiyada juda mashhur dizayner bo‘lsa, onasining o‘z shaxsiy galereyalari mavjud. Qizig‘i shundaki, Van Persi o‘z avlodidagi yagona futbolchi sifatida barchani hayratda qoldirdi. Shu o‘rinda, hujumchining faoliyatiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Faoliyati davomida “Feyenord”, “Arsenal”. "MYU" va "Fenerbaxche" jamoalarida to‘p surgan futbolchi chiroyli gollari bilan muxlislarning hurmatini qozona oldi.

Jerar Pike

Bu futbolchi muhtojlik nima ekanligini bilmay o‘sgan. Jerarning onasi Kataloniyadagi eng katta shaxsiy klinika egasi bo‘lsa, otasi butun Ispaniyaga dong‘i ketgan advokat-biznesmen. Qizig‘i shundaki, Pikening ota-onasi uni o‘qish uchun Amerikaga jo‘natishni reja qilishgan bo‘lsada, yakunda Jerarfutbolni barchasidan ustun qo‘ydi. Badavlat oiladan bo‘lishiga qaramay, Pike o‘z futbolchilik yo‘lidagi to‘siqlarni mardonavor yengib o‘tganini alohida qayd etish joiz. Avvaliga o‘zi uchun begona bo‘lgan Angliyaga o‘spirin,keyinroq “Saragosa”da “Barsa”ga loyiq ekanligini istbotlashiga to‘g‘ri keldi. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgachgina, Kataloniya klubi uni o‘z bag‘riga oldi. Qarabsizki, YECHL, JCH, Yevropa chempionati va turli boshqa musobaqalardagi oltin medallar uning uyida paydo bo‘lishni boshladi. Pikening intiluvchanligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.

Andrea Pirlo

 

Pul hech qachon Pirlo uchun muhim omil bo‘lmagan. Gap shundaki, maestroning dadasi Italiyadagi eng yirik ko‘p tarmoqli ishlab chiqaruvchi kompaniyaning direktori sifatida nom qozongan. Pirlo 16 yoshga to‘lganida, uning otasi Pirloning nomiga kompaniya aksiyalariningbir qismini o‘tkazib beradi. Futbolchining aytishicha, bu aksiyalardan keluvchi daromad o‘sha davrlarda “A seriya”dagi futbolchilarning maoshidan ancha baland bo‘lgan ekan. Shunga qaramay, Andrea o‘zi sevgan mashg‘ulot – futbolni puldan afzalroq bildi. “Milan” safida YECHLda zafar quchgan yarim himoyachi 2006-yilda Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritdi. Qisqacha qilib aytganda, unda bir futbolchi orzu qilishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlar mavjud. Shunga qaramay, Pirlo maydonda ham uning tashqarisida ham xotirjamlikva kamtarlikni yo‘qotgani yo‘q. O‘z vaqtida “Milan” Pirloga shartnoma taklif qilmaganida, qahramonimiz “Yuventus” safiga kichikroq maosh evaziga bo‘lsada o‘tishga rozi bo‘ldi. Oqibatda, o‘z faoliyatidagi eng yorqin mavsumlarni o‘tkazdi. Darhaqiqat, Pirlo hech qachon futbolni pul topish manbai sifatida baholamagan.

Rikardo Kaka

Bu futbolchi 90 foiz braziliyaliklar futbolchilardan farqli o‘laroq, juda badavlat oilada tavallud topgan. Kakaning dadasi Rio shahridagi ulkan binolarni qurish bilan shug‘ullanuvchi katta kompaniyaning bosh injeneri sifatida uzoq muddat faoliyat olib borgan. Soddaroq qilib aytganda, Kaka vatanidagi tengdoshlariga nisbatan ancha to‘kis hayot kechirgan. Uning futbolni tanlagani quvonarli, biroq Kakani futbol darrov qabul qilmaganini ham alohida e’tiborga olish lozim. Qahramonimiz 18 yoshida umurtqa pog‘onasi suyagini sindirib olgani bois, umuman sportdan uzoqlashib ketishi kerak edi. Ana shunday og‘ir pallada ham Rikardo sabr va matonat bilan barchasini yengib o‘tadi va katta futbolga shahdan qadamlar bilan kirib keladi. Uni muxlislar haligacha o‘zgacha texnika va maydonni ko‘ra bilish qobiliyati uchun hurmat qilishadi. O‘z vaqtida Messi va Ronaldudan “oltin to‘p”ni yulqib olgan futbolchi badavlat oiladan ham kuchli futbolchilar chiqishi mumkinligini isbotlaganlar toifasidan.

 

Janluka Vialli

Vialli borasida soatlab so‘zlash mumkin. U Italiyadagi millionerlar oilasida tug‘uladi. Uning bolaligi 60 xonadan iborat bo‘lgan o‘rta asrlarda qurilgan qasrda o‘tgan. Bugungi kunda ham Viallilar Italiyadagi eng badavlat sulolardan biri sanaladi. Janluka bemalol shahzodalardek hayot kechirishi, o‘zini urintirmay ham to‘kin hayot kechirishi mumkin edi, lekin unda futbolga bo‘lgan sevgi ustunlik qildi. Qahramonimiz “Sampdoriya”, “Chelsi” va “Yuvuntus” klublaridagi faoliyati davomida 17 ta sovrinni (ECHL kubogi ham mavjud) boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. U bugungi kunda golf bilan professional tarzda shug‘ullanib kelmoqda.

Shuningdek:

Ugo Lyuris, Diyego Forlan, Oliver Birxoff, Shon Rayt-Fillips singari futbolchilar ham badavlat oilada katta bo‘lishlariga qaramay, millionlab muxlislar uchun og‘ir mashaqqatdan chekinishmagani tahsinga sazovor.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:57, 17.04.2020.
O'qildi: 8324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.