Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Futbol yutgan kun»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Futbol yutgan kun»

Baho:
+ | -

17 aprel. 2019 yilning shu kunida "Ettihad" o‘yingohida "Manchester Siti" YECHL chorak finalida "Tottenhem"ni qabul qilgan, birinchi uchrashuvda 0:1 hisobida yutqazgan o‘yini vaziyatini to‘g‘rilash niyatida saflangan edi. Uchrashuv mezbonlarning bir to‘p farqi bilan tugadi, biroq mehmonda gol urmagan Gvardiola shogirdlari 4:3dan rozi bo‘lolmasliklari turgan gap edi.

Bu o‘yin so‘nggi yillarning eng zo‘r bahsi deya olaman. Kurash, gollardan keyingi murabbiylarning yurishlari, ikki jamoaning-da tinimsiz xarakter ko‘rsatishi va... oxirgi soniyalarda "Man. Siti"ning goli. Oxirgi soniyalargacha borarmiz, 12-daqiqadayoq tabloda hisobning 2:2 bo‘lib turishiga nima deysiz. Dahshat!

Har gol urilganidan so‘ng gol uruvchi jamoa shiddat-la yana oldinga chiqadi va masalani hal qilib tashlaydi, deb o‘ylagandik. Yo‘q, yo‘q, raqib tomon yiqilgan holidan turib olar, javob bera olardi. APL havosi YECHL hovlisida ham kezib yurgan oqshom edi.

Sterling so‘nggi sekundlar o‘tib borayotganda g‘alaba golini yo‘llab, nishonlayotgan chog‘ini eslang. Gvardiolaning telbalarcha yugurib yurishlarini biror bir Gollivud aktyori o‘ynab bera oladimi, yo‘q!

Keyin VAR ko‘rib chiqib golni bekor qilishi. Bu quvonch bir lahzaning o‘zida Pochettino qiyofasiga singishi. Men aynan shu o‘yinda futbolga VARning kirib kelganini, uning tom ma’nodagi ta’sirini ko‘rgandim. Vaziyatlarni bir necha soniya ichida bu tomonga burib yuborishi mumkin bo‘lgan qoida ekan, deb qo‘ygandim o‘zimga o‘zim.

Ha, "Tottenhem" shu kuni mehmonda urilgan gol evaziga yarim finalga chiqdi. Yarim finalda bundan-da kattaroq kambekni amalga oshirib, finalga yetib bordi. Bu haqda alohida film ishlash kerak. Biroq, mana bu so‘nggi soniyalarning inson yuzidagi in’ikosini-chi? Uni film ham bera olarmikan? Kinomatografiyaning qudrati yetarlimikan shodlik ifodasining Gvardioladan silliqqina Pochettinoga o‘tib ketishini tasvirlashga. Yo‘q, buni faqat futbolda, o‘sha lahzalarda onlayn yashab ko‘rish kerak. Gvardiola bilan, Pochettino bilan birga yashab tomosha qilish kerak. O‘sha hislar bilan ularga hamdard bo‘lib, hamroh bo‘lib yashab kuzatish kerak. Boshqachasi u qadar ta’sir ko‘rsata olmas.

Gvardiola shu holatga tushgach, men xayol ulovida 2009 yilga qarab ravona bo‘ldim. "Chelsi" mag‘lub etib xuddi shu holatda yugurib yurgan Pepning quvonchini esladim. Balki, adolat futbolda ham o‘z bo‘yini har o‘n yilda eslatib turar, a, nima dedingiz?

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

Мана ўша фантастик ўйинда урилган ва ҳисобга олинмаган голлар видеолавҳаси:

Kiritildi: 07:16, 17.04.2020.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик