Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Musulmon futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa

Musulmon futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa

Baho:
+ | -

Stadion.uz Islom diniga e’tiqod qiluvchi sayyoramizdagi eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringa havola etadi.

Asmir Begovich – bosniyalik darvozabon mana bir necha yillardan beri yuqori saviyada to‘p surib kelmoqda. Shunindek,darvozada Samir Handanovichni ham ko‘rishimiz mumkin edi, biroq biz “Bornmut”dagi ishonchli o‘yinlari sababli Asmirni tanladik.

Antonio Ryudiger – “Chelsi” safidagi o‘yinlari bilan so‘nggi mavsumlarda barchaning e’tborini tortayotgan futbolchi musulmon oilada tavallud topmagan bo‘lsa-da, keyinchalik Islom dinini qabul qildi. U bugungi ramizy jamoamizning markazidan joy egallamoqda.

Sead Kolashinas – Londonning “Arsenal” jamoasi sharafini himoya qiluvchi futbolchi ham Bosniyada musulmon oilada tavallud topgan bo‘lib, ayni damda shu yurt terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Benjamin Mendi – kelib chiqishi Fil Suyagi yurtidan bo‘lgan Benjamin musulmon oilasida katta bo‘lgan.

N’golo Kante – “Chelsi” jamoasi futbolchisi Parijda musulmon oilada dunyoga kelgan. Futbolchi Islomning beshta ustuni bo‘lgan vazifalarni bajarishda davom etmoqda.

Mesut O‘zil – yana bir “Arsenal” futbolchi. O‘zil Germaniya terma jamoasida faoliyat olib borganiga qaramay, turk millatiga mansub. Mesut ham deyarli barcha turklar singari islom diniga e’tiqod qiladi.

PolPogba – Bu nom sizga g‘alati eshitilishi mumkin, biroq Polo‘zini musulmon ekanligini yashirib o‘tirmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarida Makka va Madinadagi suratlarni tez-tez namoyish etuvchi futbolchi doimo maydonga qo‘lini duoga ochgancha tushib keladi.

Riyod Mahrez – kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan futbolchi “Manchester Siti” tarkibidagi yulduzlardan biri sanaladi. Yaqindagina Afrika Millatlar Kubogida zafar quchgan futbolchi Islom dini buyurgan barcha farzlarni ado etishga intiluvchi futbolchilardan biri.

Eden Azar – “Real Madrid” klubining so‘nggi xaridlaridan biri qaysi dinga e’tiqod qilishini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlar orqali doimo musulmon dinidagi bayramlar bilan mo‘minlarni qutlashni unutmaydi.

Sadio Mane – har safar gol kiritganida boshini sajdaga qo‘yuvchi Sadio Mane haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish joiz. Liverpulshahridagi masjidni tozalash uchun tez-tez velosipedda tashrif buyuruvchi futbolchi senegallik bo‘lib, masjid imomining farzandi sanaladi. Sadio ko‘pincha o‘z xayriyalarini yashirishga urinadi. Shu sababli, ko‘pincha omma e’tibor markazidan tushib qoladi.

Muhammad Saloh – Saloh bugungi ro‘yxatimizdagi futbolchilar orasida Makka shahrida o‘z shaxsiy yeriga ega yagona futbolchi sanaladi. Bir necha yil ilgari Saudiya Arabistoni shahzodasi unga Islom dinidagi eng muqaddas bo‘lgan Makka shahridan yer sovg‘a qilgan. Saloh va Islom qanchalar uyg‘un ekanligi haqida ortiqcha so‘zlashning hojati yo‘q chamamda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:18, 19.04.2020.
O'qildi: 17686 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик