Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UEFA prezidenti mavsumni yakunlash haqida rejalari bilan o‘rtoqlashdi

UEFA prezidenti mavsumni yakunlash haqida rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Yevropada mavsumni yakunlash yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Ustuvor maqsadimiz — muxlislar, o‘yinchilar va klub xodimlarining sog‘lig‘i. Vaziyatga optimizm bilan qarayapman. O‘ylashimcha, tez orada ba’zi milliy chempionatlar boshlanadi. Katta ehtimol bilan uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Lekin muhimi  — o‘yinlarning o‘tkazilishi.

Hozir sog‘liqni saqlash tashkilotlarining qarorlarini kutyapmiz. Hozircha mavsum oxiriga yetkazilmaydi, deb gapirishga haddan tashqari erta. Bunday vaziyat klublar va ligalarga jiddiy zarba beradi.

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi final uchrashuvlarini o‘tkazish uchun dedlayn belgilab olmadik. Hammasi mavsumni qayta boshlash uchun qachon ruxsat olishimizga bog‘liq. Bundan tashqari, ushbu mavsum sentyabr-oktyabr oyigacha cho‘zilishi mumkin deb o‘ylamayman. Aks holda kelasi mavsum taqvimini tuzish qiyin bo‘ladi", – dedi Cheferin "Corriere della Sera"ga bergan intervyusida.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:35, 20.04.2020.
O'qildi: 4460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик