Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Shahboz Umarov Yaxshiboyevdan kuchliroqmi?

Shahboz Umarov Yaxshiboyevdan kuchliroqmi?

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining dastlabki 5ta tur o‘yinlari yakunlandi. Tribuna.com sayti ushbu mavsumda o‘zini ko‘rsatayotgan 10 futbolchi haqida ma’lumot tayyorladi. Ular orasida «Energetik-BGU» hujumchisi Jasur Yaxshiboyev ham bor. Saytning o‘zbekistonlik futbolchi haqidagi xulosasi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Jasur Yaxshiboyev, «Energetik-BGU»
Statistika: 5 o‘yin, 3 gol, 1 uzatma

22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi ilk turda BATE darvozasiga 2ta gol urib, Belarus futboliga dadillik bilan kirib keldi. Keyingi turda Daniil Miroshnikovga golli uzatma bergan bo‘lsa, «Minsk»ga qarshi 3-bahsda yana bitta golga mualliflik qildi. Yaxshiboyev haqida nafaqat bizda, balki uning Vatanida ham gapira boshlashdi. O‘zbekiston futbol federasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatov undan katta kelajak kutmoqda. Futbolchining o‘zi esa mavsum to‘purari bo‘lishni istamoqda. Jasur «Paxtakor»ga qaytishni istamayapti. Polshaning «Rakuv» klubi unga qiziqish bildirdi. Yaxshiboyev keyingi 2ta o‘yinda gol urmadi, «Energetik-BGU» esa har ikki bahsda yutqazdi.

Yaxshiboyev "talabalar"ning qarshi hujumga asoslangan o‘yin uslubiga ideal darajada moslashib ketdi. Deyarli barcha gollar u orqali urilmoqda. Hujumchi ajoyib dribligga ega va u bu xususiyati orqali hujumga keskinlik bag‘ishlamoqda. InStat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik legioner deyarli har bir o‘yinda o‘rtacha 11 marta raqiblarni aldashga urinib, ularning 8tasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Belarusda hech bir futbolchi bunchalik ko‘p fint ishlatmaydi. BATE va «Minsk»ga qarshi bahslarda uning urinishlarining 90 foizi muvaffaqiyatli bo‘ldi.

Shuningdek, Jasur to‘pni juda yaxshi qabul qiladi. Ilk urinishdayoq o‘ziga tezlik olish yoki dribling ishlatish uchun qulay imkoniyatni yuzaga keltiradi.

Hozircha «Energetik»dagi yana bir o‘zbek futbolchisi Shahboz Umarov haqida bunday fikr bildirish qiyin. To‘pni qabul qilish jarayonida u nigohini to‘pga qaratgani uchun ko‘pincha uni yo‘qotib qo‘ymoqda. "Studentlar" murabbiylar shtabining aytishicha, Umarov Yaxshiboyevdan kuchliroq ekan, lekin mavsumoldi yig‘ini paytida u kasal bo‘lib qolgani uchun hozircha o‘zining bor imkoniyatini ko‘rsata olmayapti.

Manba: by.tribuna.com
Kiritildi: 20:20, 22.04.2020.
O'qildi: 6180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик