Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Aprelning oxirgi qahramoni"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Aprelning oxirgi qahramoni"

Baho:
+1 | -

30 aprel kuni ko‘p voqealar sodir bo‘lgan. Deylik, 2019 yili Londonda “Tottenhem” Amsterdamning “Ayaks”iga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan. O‘sha payti biror bir odam Pochettino yigitlari javob bahsining ikkinchi yarmida futbol tarixidagi eng ajoyib kambeklardan birini amalga oshiradilar deb taxmin qilmagandi.

Shuningdek, 2013 yili 2013 yili “Real” Madridda “Borussiya” bilan yarim finalning javob o‘yinini o‘tkazgan va bir hafta oldingi Levondovskiyning to‘rtta goliga yetarlicha javob bera olmagandi – 2:0, bir golning qiymati YECHLdan chiqib ketish bilan barobar bo‘lgan.
Yanada o‘tmishroqqa borsak, 2003 yilning 30 apreli YECHL g‘olibi “Milan” chorak finalning javob o‘yinida “Ayaks”ni dog‘da qoldirgani va yarim finalga yo‘l olgani bilan eslanadi. Oxirigacha Shevchenko jamoadoshlari shiddat bilan borishgan.

Biz bugun u o‘yinlarga emas, tavallud sanasini nishonlayotgan ajoyib darvozabonga e’tiborimizni qaratmoqchimiz. Mark Andre TerShtegen. Germaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi posboni.

TerShtegen darvozabonlarning Ronaldusi degan ta’rif menga yoqqandi. Chunki u ustida eng ko‘p ishlagan, xatolarini muntazam to‘g‘rilab borgan va vatanida “darvozabonlar Messisi” bilan joy talashib kelmoqda.

28 bahorni qarshi olayotgan Mark Andre to‘rt yil muqaddam eng ko‘p tanqid qilinadigan darvozabon edi. Biroq, Barsa tarkibida u shu qadar o‘sdiki, bugungi kunda yarim jamoa degan ta’rifni boshqalarga qaraganda ko‘proq germaniyalik kiperga nisbatan ishlatishmoqda. Messi qutqarguncha, Ter Shtegen hisobni ushlab turishi kerak, degan gaplar ham chiqdi.

"Barselona" aqlimizni tanibmizki, o‘ta ishonchli darvozabonga ega bo‘lmagandi. Nihoyat topdi. Natijalarning ko‘pida aynan Mark Andrening bevosita hissasi bor.
Kataloniyaliklarning mayda paslari avjiga olgani sari raqib klublar ularni o‘z jarima maydonchalari oldida pressing bilan to‘xtatishga urinishayotganini kuzatmoqdamiz oxirgi payt. Mana shunday paytda Ter Shtegen siymosi yanada yorqinroq gavdalanyaptiki, u qurshovda qolgan jamoadoshlari ichidan birgina ochiq o‘yinchini topishda beqiyos harakat qiladi. Bir necha golga assist bo‘lishining sababi ham shu.

Mark Andrening bu qadar ulg‘ayishiga terma jamoadagi raqobatchisi Xudo bergan qobiliyat bo‘lganimi yo Barselonaning o‘yin uslubimi degan savolga chiroyli javob bor: “Mark Andre hech kim bilan raqobatlashishni istamaydi. Ustida ishlaydi. Bo‘ldi”.
Bu uning o‘zining javobi.

Germaniya terma jamoasiga faqat havas qilsak bo‘ladi. Noyeri bor yurt u bilan-da teng kurasha oladigan yana bir posboniga ega bo‘lib ulgurdi.

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 09:02, 30.04.2020.
O'qildi: 4522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.