Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Nihoyat «Energetik-BGU» g‘alaba qozondi, Yaxshiboyev gol urdi

Nihoyat «Energetik-BGU» g‘alaba qozondi, Yaxshiboyev gol urdi

Baho:
+ | -

Bugun Belarus chempionatining 7-turiga start berildi. «Energetik-BGU» klubi safarda «Smolevichi» klubi mehmoni bo‘lib, g‘alaba qozondi.

"Talabalar" safida Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. Bahsning 17-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Jasur raqib jarima maydoniga kirayotganida, to‘p "podkat" tashlagan himoyachiga tegib, Tvega borib tushdi. David bir himoyachini aldab o‘tdiyu, o‘tkir burchak ostida darvozaning olis yuqori burchagini aniq nishonga oldi.

Bahsning 61-daqiqasida Umarov zaxiraga olindi. Yaxshiboyev esa uchrashuv oxirigacha harakat qilib, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda «Smolevichi» darvozasi tomon belgilangan penaltidan samarali foydalandi.

Shu tariqa, "Energetik" ketma-ket 3ta mag‘lubiyatdan keyin g‘alaba qozongan bo‘lsa, Yaxshiboyev golsiz seriyasiga barham berdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Energetik-BGU» 12 ochko bilan jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Belarus chempionati, 7-tur
Smolevichi – Energetik-BGU - 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 17 Tve, 0:2 – 90+6, penalti Yaxshiboyev.
Smolevichi – Filsov, Jevnerov, Rashenya, Barsukov, Djigero (Veras, 68), Kotov, Aleksandrovich (Alibekov, 78), Makarov, Butarevich, Po, Muxamedov (Turik, 60).
Energetik-BGU – Lesko, Yudchis (Girs, 64), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 65), Tve, Musaxanyan (Sovpel, 56).
Ogohlantirishlar: Kotov (20), Rashenya (34), Svirepa (70), Girs (88), Turik (89), Filsov (90).
Chetlatishlar: Svirepa (84), Kotov (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:48, 01.05.2020.
O'qildi: 7897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик