Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

UZREPORT TV UFC 249 musobaqasi translyasiya huquqini xarid qildi

UZREPORT TV UFC 249 musobaqasi translyasiya huquqini xarid qildi

Baho:
+1 | -

Butun dunyo karantinda qolib, o‘zlarining sevimli sport musobaqalarini faqat takroran tomosha qilishga majbur bo‘layotgan bir paytda, UFC haqiqiy musobaqani tayyorlamoqda. 10-may kuni aralash jang san’ati muxlislari sabrsizlik bilan kutayotgan, ko‘p sonli jangchilar ishtirokidagi UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatini inobatga olgan holda, UZREPORT TV ushbu musobaqani O‘zbekistonda translyasiya qilish huquqini xarid qildi. Mazkur musobaqa translyasiyasi UFC TV va Metrotelecom bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, Metrotelecom UFC TV ni O‘zbekistonda translyasiya qilish huquqining eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.

Turnir 9-may kuni kechqurun AQSHning Florida shtatidagi Jeksonvildagi “VyStar Veterans Memorial Arena” majmuasida bo‘lib o‘tadi. Biroq, mintaqalar o‘rtasidagi vaqt tafovuti tufayli O‘zbekistonda translyasiya 10-may kuni ertalab soat 05:00 da boshlanadi.

Kun tartibidan 12 ta jang o‘rin olgan. Shulardan ikkitasi - Toni Ferguson va Jastin Getji, shuningdek Genri Sexudo va Dominik Kruz o‘rtasidagi janglar titul janglari hisoblanadi. Sizni bir-biridan qiziqarli to‘qnashuvlar kutmoqda.

Musobaqa kuni tomoshabinlarga yorqin hissiyotlar va yaxshi kayfiyat tilaymiz!

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:59, 05.05.2020.
O'qildi: 8471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.