Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Kech uyg‘ongan vulqon»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Kech uyg‘ongan vulqon»

Baho:
+ | -

5 may. Bu kun zamonaviy futbolning yorqin vakili meksikalik Raul Ximenes tug‘ilgan. 29 ga kirdi.

2018 yilga kelibgina Raul o‘z iqtidorini namoyish eta oldi. Ungacha sang‘igan klublarining soni anchayin ko‘p bo‘ldi. Vatani – Meksikaning "Amerika" klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgani uchun to‘rt yil o‘ynashi tabiiy. Keyin umidli futbolchi sifatida "Atletiko" chorladi o‘ziga.

Madridda yomon mavsum o‘tkazmagan bo‘lsa-da, negadir Simeone tizimiga mos tushmadi. Natijada besh yillik shartnoma bilan "Benfika" sori yo‘l oldi. Portugaliyada ham voqea takrorlandi – ko‘rinishidan yomon o‘yinchi emas, foydali, lekin kutganimizdek emas.

Ijaraga "Vulverxempton" klubiga o‘tayotganida, ichidan alam o‘tgandir. Ammo aynan shu klub butkul Raulning iste’dodini dunyoga ko‘rsatgani hayratlanarli hodisa bo‘ldi — 22 gol, bir mavsumning o‘zida. APLda.

Uning o‘yin uslubini mutaxassislar hozirda o‘rganishmoqda. Zamonaviy hujumchilikning namunasi o‘laroq. U nafaqat sof hujumchi, balki boshqalarga vaziyat ulashishda ham beqiyos. Raqibga orqa o‘girib to‘pni yaxshi ushlab tura oladi va kutilmaganda aldab ketadi. Bir harakat bilan amalga oshirishi natijasida hujumchi Inyesta nomini ham olgan. "Liverpul" darvozasiga urilgan gol yodingizga tushgandir.

Raul Ximenesning bu o‘yinini ko‘rgan "MYU", "Chelsi" va "Tottenhem" rahbarlari qanday qilib uning juda sokin "Vulvz"ga o‘tganiga hayron qolishdi. Tabiatan jim yuradigan yigitning faoliyati ham o‘ziga mos chunki. Terma jamoasiga 81 o‘yin o‘tkazib qo‘ygan va 30 ga yaqinlashgan hujumchining bu qadar keyin porlashi tabiati mahsuli.

Hozirda Zidanning ham pley-listiga kirgan bu iqtidor "bo‘rilar" safidan hech qayerga ketmasligini aytgan. O‘zining aytishicha, zo‘rg‘a topgan baxtini yana yo‘qotib qo‘ymaslik uchun. Bizningcha ham to‘g‘ri qaror. Agar o‘rtaga "Nyukasl" aralashib qolmasa...

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 14:52, 05.05.2020.
O'qildi: 4876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.