Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ronalduning tanlovi. U O‘zbekiston MMA assosiasiyasi futbolkasini qayerdan olgan?

Ronalduning tanlovi. U O‘zbekiston MMA assosiasiyasi futbolkasini qayerdan olgan?

Baho:
+ | -

7 may kuni jahon futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Instagramdagi sahifasida farzandlari bilan tushgan surat joyladi. Futbolchi suratni «Eng katta muhabbat» deb nomladi.

Bir qarashda bu oddiy surat edi, ammo undagi bir detal Ronalduning o‘zbekistonlik muxlislari e’tiborini tortgan bo‘lishi aniq. «Yuventus» superyulduzi UMMMA.UZ yozuvli futbolkada edi.

O‘zbekiston MMA assosiasiyasi uning bu suratini ilova qilgan holda Instagram sahifasida shunday post qoldirdi: «Krishtianu Ronaldu UMMAA.uz futbolkasida. Har doimgidek u to‘g‘ri tanlov qildi».

Bu esa O‘zbekiston aralash jang san’ati assosiasiyasiga tegishli brend va tabiiyki Ronalduning O‘zbekiston MMA ittifoqi bilan qanday aloqasi bo‘lishi mumkin degan savol paydo bo‘ldi. Shuningdek, bu katta pul to‘langan reklama ekani haqida taxminlar bildirildi. Chunki odatda jahon yulduzlari biror brendning kiyimlarini reklama shartnomasi asosida kiyishadi.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Kun nashri O‘zbekiston aralash jang san’ati assosiasiyasi bilan bog‘landik. Tashkilot vise-prezidenti Sherzod Toshmatov Kun.uz muxbiriga quyidagilarni ma’lum qildi.

«Tabiiyki? Ronaldu bizning futbolkamizni kiyishi uchun pul to‘lamaganmiz. Birinchidan, bizda bunaqa katta pul yo‘q, bundan tashqari, hozir oldimizda bundan muhimroq ishlar turibdi.

Biz hali yangi tashkilotmiz, shu sabab mahalliy miqiyosda rivojlanish haqida o‘ylayotgan bir vaqtda global piar uchun pul ajratishimiz mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Biz hali mamlakat doirasidagi musobaqalar o‘tkazish va aralash jang san’atini ommalashtirish bo‘yicha ko‘proq bosh qotiryapmiz.

Albatta, marketing borasida ham harakatlar bo‘lyapti. Ronaldu buyuk sportchi, lekin biz assosiasiya brendini rivojlantirish uchun reklama «yuzini» futbolchilar orasidan qidirmagan bo‘lardik. Suratda Ronaldu bizning eski logotipimiz tushirilgan futbolkani kiygan. Fevral oyida yangi logotipni e’lon qilgandik va agar Ronalduga pul to‘lagan bo‘lsak, u yangi logotipdagi libosni kiygan bo‘lardi.

Ronaldu qolgan ko‘plab jahon sporti vakillari qatorida bizning brend chiqargan futbolkani sovg‘a sifatida qabul qilgan. Biz ko‘plab yulduzlarga sovg‘a yuborganmiz va ularning hech biriga ularni qandaydir holatda kiyish majburiyatini qo‘ymaganmiz. Ronaldu bizning futbolkani kiyishga qaror qilibdi va bu juda ajoyib. Suratda logotipimiz to‘liq ko‘rinmagan bo‘lsa-da, buni ko‘rish yoqimli bo‘ldi», - deydi O‘zbekiston MMA assosiasiyasi vise-prezidenti Sherzod Toshmatov.

Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi hamda «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagramdagi o‘quvchilari soni 217 milliondan ortiq va bu borada unga yetadigan foydalanuvchi yo‘q.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 23:43, 10.05.2020.
O'qildi: 8626 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.