"Inter" PSJning ikki himoyachisi Toma Menye va Leven Kurzava bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar yebrmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" ikki futbolchi bilan ham bog‘langan. Kurzava va Menyening parijliklar bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi, shu sababli ular "Inter"ga tekinga o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Inter" yuqori maoshi sababli Kurzava transferidan voz kechganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.