Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Evropani titratgan o‘yinlar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Evropani titratgan o‘yinlar»

Baho:
+ | -

15 may kuni ham Yevropani titratgan o‘yinlar bo‘lib o‘tgan. Alohida shaxslarga o‘tishdan oldin shu bahslar haqida qisqacha eslatma.

2002 yil. Yevropa chempionlar ligasi finali. O‘ninchi bor o‘tayotgan turnirning oxirgi o‘yinini hal qilish uchun Glazgodagi Xempden Park stadioniga Madridning Real va Leverkuzenning Bayer klublari yetib kelishgan. O‘yin Valeriy Lobanovskiyning vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut bilan boshlangan. Bu turnirda ham bir tomondan yetib kelgan jamoaning raqiblari jiddiy, ikkinchisi solishtirilganda u qadar emasdi. Real chorak finalda o‘sha payt musobaqaning rasmiy chempioni – Bavariyani yer tishlatgan bo‘lsa, Bayerga hozirgisidan ancha farqli bo‘lgan Liverpul nasib etgan. Yarim finalda Real Barselona bilan og‘ir bahsda hisob-kitob qilgan, ikki to‘p farqi bilan yenggan edi. Bayer esa Manchester Yunayted bilan ikki uchrashuvda durang natija qayd etib, mehmonda urilgan gol hisobiga Glazgoga yetib keldi. aytmoqchimanki, finalda teng raqiblar emasdi.

Biroq, o‘sha kuni Germaniya vakillari yaxshi taassurot qoldirishdi. 1:2 hisobida yengilib turgan hollarida so‘nggi daqiqalarda Kasilyes darvozasini tinimsiz o‘qqa tutganlari, ispan posboni superqahramonliklar namoyish etganlari hamon yodimizda.

Bayerga alam qilgani – shu kuni finallardagi eng chiroyli gollar ularning darvozasidan o‘rin olgan edi. Zayniddin Zidanning fantastik goli va hisob ochuvchi Raulning sokin yo‘llagan to‘pi. Lusiuning presstij goli boshqa hech qachon finalga chiqmaydigan klub uchun kifoya qilmadi. Natijada 2:1 va Real del Boske boshchiligida ikkinchi bor qo‘shquloqni yengib olyapti. Saldan keyin ispaniyalik mutaxassis Madriddan ketadi va hammasi chilparchin bo‘lib ketar, ammo bu kecha qirollik klubi muxlislaridan baxtli ishqibozlar yo‘q edi.

—————
2013 yili shu kuni Benfika hamda Chelsi ishtirokida Yevropa ligasi finali o‘tkazilgan va Amsterdam Arenadagi final o‘yinida londonliklar so‘nggi soniyalarda kubokni yengib olishgan. Hammasi ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Torres uchrashuv boshlanganiga roppa-rosa bir soat bo‘lganida hisobni ochdi, Oskar Kardoso o‘rtadagi farqni yo‘qqa chiqardi. Lekin hakam tomonidan qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Branislav Ivanovich qo‘shimcha bo‘limlarga taraddud ko‘rayotgan Portugaliya tomoniga muzdek suv quyib yubordi. Chempionlar Ligasi finaliga qadar o‘n kun davomida Chelsi ham YECHLni, ham YELning g‘olibi sifatida qayd etiladigan bo‘ldi. Bunaqa natija bilan faqat londonliklar maqtana olishadi.

Darvoqe, shu mavsumga qadar Yevropa ligasini Pireney yarimoroli vakillari yengib kelishayotgandi, Chelsi ularning bu gegemonligiga nuqta qo‘ydi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:09, 15.05.2020.
O'qildi: 5556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.