Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bolqonlik Mario

Bolqonlik Mario

Baho:
+ | -

21 may – Mario Manjukichning tug‘ilgan sanasi. 1986 yili Bolqonda tug‘ilgan Mario mamlakatida fuqarolar urushi sabab Germaniyaga qochgan, oilasi bilan. Keyinroq qaytib, Dinamo Zagreb klubidan faoliyatini boshlagan. Yoshligidan Marioning xarakteri oddiy bo‘lgan – gol uchun tug‘ilgan mashina edi. Yuqori texnikasi yo‘q, ortiqcha harakatlar yo‘q, gol uradi, bo‘ldi.

Shu bois, undan asosan shu vazifada foydalanilsa, maqsadga muvofiqdir. Bavariyadagi faoliyatida sal boshqa funksiyani bajardi, qiynaldi. Atletiko Manjukichning shu xususiyatini ocha oldi.

Yuventusda esa rosmana kuchli tomonlarini ko‘rsatdi. Ayniqsa, YECHL finalida Navasga urgan goli haligacha ko‘pgina futbol roliklarini bezab keladi.

Mario ko‘pgina bolqonlik yigitlar singari terma jamoasida klubiga qaraganda doim yaxshiroq o‘ynab kelgan. Jahon chempionatiga chiqadimi, Yevro turniri bo‘ladimi, biz uning eng sifatli o‘yinlarini ko‘rganmiz. Yuventusga Ronaldu olib kelingach, buning ustiga Sarridek Marioga umuman mos tushmaydigan murabbiy kelgach, Manjukich ketishiga to‘g‘ri kelib qoldi. Yoshi ham o‘tib bormoqda. Ad-Duxayldagi faoliyati endi qiziqmas. Chunki asosiy ishini u terma jamoasida ham, klublarida ham 17-raqam ostida amalga oshirib bo‘ldi. Jahonning vise-chempioni, Italiya chempioni, to‘rt marta, Germaniya chempioni, ikki marta, Xorvatiya chempioni, uch marta. Va boyagi finaldagi gol. Farzandlariga hikoya qilib o‘tirsa, faxrlansa arziguli yo‘l.

___

1904 yilning shu kuni Parijda Xalqaro futbol uyushmasiga asos solindi. Uni biz FIFA nomi bilan yaxshi bilamiz. FIFAning talqini fransuz tilidan olingan. Sabab – Fransiya poytaxtida Yevropaning yetti mamlakati vakillari tomonidan tuzilgan. Fransuz tilidagi varianti saqlab qolingani shundan.

Hozirda ushbu uyushmaga dunyoning 211 mamlakati federasiyasi a’zo. U yer yuzidagi davlatlar o‘lchovidan yuqoriroq. Mamlakat hukumatining futbolga aralashuvini bilsa, istalgan mamlakatni diskvalifikasiya qila oladi. Ayni paytda FIFAning Shveysariyaga ko‘chib o‘tgani ham ramziy ma’no kasb etadi – moliya va urush bo‘lmaydigan yurtning ko‘rinishida futbolni boshqarish.

Tashkilot rahbarlari ro‘yxatiga qarab chiqamiz: Ikki fransiyalik, ikki shveysariyalik va uch buyuk britaniyalik. Orada bittadan Belgiya va Braziliya vakili bor.

Eng katta ishni tabiiyki uchinchi prezident – Jyul Ryume amalga oshirgan. Uning davrida turnir o‘tkazish mumkinligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Futbol o‘yinining ommaviy bo‘lishida aynan shu tashkilotning bir asrlik xizmati borki, to‘g‘ri siyosat va to‘g‘ri menenjmentlik natijasida unga ergashib UYEFA darajasi o‘sdi, boshqa qit’alar uyushmasi rivojlandi.

Va oxirgi o‘xshashlik – FIFAning Shveysariyadan joy olgani nafaqat moliya va xavfsizlik e’tibori bilan, balki go‘zallik ramzi bilan-da yodga olinadi. Axir, Shveysariyaning tabiatini yaxshi bilasizku, uning futbol go‘zalligi bilan monandligi bejiz emasdir...

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 08:59, 21.05.2020.
O'qildi: 4858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.