Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Gajiyev: «Habibning otasiga Dog‘iston shifoxonasida 10 kun tayinli yordam berilmagan»

Gajiyev: «Habibning otasiga Dog‘iston shifoxonasida 10 kun tayinli yordam berilmagan»

Baho:
+ | -

Fight Nights Global promouterlik kompaniyasi rahbari Komil Gajiyev yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning holati haqida gapirib o‘tdi.

«Dog‘iston koronavirusga qarshi turishga tayyor emas edi. Abdulmanap haqidagi xabarlarda Dog‘istondagi holat keng muhokama qilinmoqda. Unga kerakli tibbiy yordamni ko‘rsata olishmagan va bu shifokorlarning aybi emas.

Men kimnidir aybdor qilib ko‘rsatmoqchi emasman, shunchaki aytishim kerak, bizning hududda mazkur virusga e’tiborsizlik bilan qaraldi. Abdulmanap bilan kuzatilgan holat esa — mana shu ehtiyotsizliklarning asorati. U 10 kun shifoxonada yotdi, unga tayinli yordam ko‘rsatilmadi. Nima uchun? Balki, bu COVID-19 ekanini bilmaganliklari uchundir. Balki, kerakli dori-darmon bo‘lmagandir.

Menimcha, uning yuragidagi muammo sabab asoratlar og‘ir bo‘ldi va pnevmoniya paytida unda yurak xuruji yuz berdi — aniq tashxisni eslay olmayman. Biroq yuragida muammo kuzatildi. Shu sabab u mana shu holga tushib qoldi.

COVID-19 boshqa kasalligi bor odamga zarba berishi barchaga ma’lum. Abdulmanap bilan ham shunday bo‘ldi. Fikrimcha, u 10 kundan buyon og‘ir ahvolda yotibdi. Bir necha kun avval komadan chiqqani xabar qilindi, keyin bu ma’lumot rad etildi. Menga ma’lum bo‘lishicha, uni sun’iy nafas oldirish aparatiga ulab qo‘yishgan. Uning holatida yaxshi tomonga o‘zgarish yo‘q», — deydi Gajiyev.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi Moskvadagi harbiy shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi. Koronavirus uning o‘pkasiga jiddiy shikast yetkazgan, shuningdek, Habibning ma’lum qilishicha, uning yuragi qayta operasiya qilingan. Abdulmanap Nurmagomedovning holati o‘ta og‘irligi bir necha bor ta’kidlandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:41, 21.05.2020.
O'qildi: 2715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.