Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Paxtakor»: «Tuluza» ustidan besh yulduzli g‘alaba

«Paxtakor»: «Tuluza» ustidan besh yulduzli g‘alaba

Baho:
+ | -

1966 yil "Paxtakor" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Fransiyaning "Tuluza" jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

O‘shanda "Tuluza" mavsumga tayyorgarlikning oxirgi bosqichida "Paxtakor" bilan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushgan. Bir mavsum avval jamoa Fransiya chempionatida 4-o‘rinni egallab, Yevrokuboklarga yo‘llanma olgandi. 7 avgust kuni Toshkentda o‘tkazilgan bellashuvda Dorsini, Bernar va Le Yuro kabi ijrochilarga ega bo‘lgan jamoaning jiddiy qarshilik qilishi kutilgandi. Bir necha futbolchilar Fransiya terma jamoasiga nomzod sanalar, Monin esa Paragvaydan bo‘lib, Janubiy Amerikaning yetakchi klublaridan biri "Flamengo"dan fransuz klubiga kelib qo‘shilgandi. Qolaversa, o‘sha yili mart oyida "Tuluza" o‘rtoqlik uchrashuvida Moskvaning "Spartak" klubini 2:0 hisobida dog‘da qoldirgandi.

O‘yinni hujumkor tarzda boshlagan "Paxtakor" raqibni keskin hujumlari bilan dovdiratib qo‘yadi. Tez orada Birodar Abduraimov va Bahodir Ibrohimov ijrosidagi hujumni Abduraimov aniq zarbasi bilan golga aylantirdi. 21-daqiqada Maqsud Sharipovdan to‘pni qabul qilib olgan Abduraimov dublini nishonlaydi. "Tuluza" esa o‘yin oxirigacha o‘ziga kelishga ulgurmaydi. Ikkinchi bo‘limda Abduraimov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Gennadiy Krasniskiy va Bahodir Ibrohimov ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yadi. Shu tariqa afsonaviy murabbiy Mixail Yakushin qo‘l ostida "Paxtakor" o‘z tarixidagi eng ajoyib g‘alabalardan birini qayd etadi.

"PAXTAKOR" - "TULUZA" - 5:0 (2:0)
1966 yil 7 avgust. "Paxtakor" stadioni.
"Paxtakor": Yuriy Pshenichnikov, Rival Zokirov, Vladimir Shtern, Viktor Naumenko, Vitaliy Suyunov, Vyacheslav Soloxo, Maqsud Sharipov, Ahrol Inoyatov, Bahodir Ibrohimov, Gennadiy Krasniskiy, Birodar Abduraimov.
"Tuluza": Jyuspen, Muton, Bad, Monin, Reden, Bernar, Suxan, Dorsini, Brek (Ludon), Bryuneton, Le Yuro.
Gollar: Abduraimov 14, 21, 68, Krasniskiy 82, Ibrohimov 88.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:20, 22.05.2020.
O'qildi: 5177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик