Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Zidan — YECHL tarixidagi eng yaxshi murabbiy

Zidan — YECHL tarixidagi eng yaxshi murabbiy

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Squawka" nashri versiyasiga ko‘ra, Yevropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi. Reytingni tuzishda 1992 yil — Yevropa chempionlar kubogi musobaqasi hozirgi ko‘rinishga o‘tgan davrdan boshlab inobatga olingan.

47 yoshli Zidan reytingdagi eng yosh mutaxassis bo‘lib, 2016 yildan 2018 yilgacha turnirda ketma-ket 3 marta g‘olib chiqqan. Fransiyalik mutaxassis murabbiy sifatida jamoasini 40ta o‘yinda maydonga boshlab tushib, ularning 26tasida (65%) g‘alaba qozongan.

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola 2-pog‘onani zabt etdi. U «Barselona» bilan ikki marta (2009, 2011) Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqqan. Pep turnirda bahslarning 61 foizida g‘alaba qozongan (121ta o‘yindan 74tasida).

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kuchli uchlikka kirdi. Italiyalik mutaxassis YECHLni «Milan» (2003, 2007) va «Real» (2014) bilan 3 marta qo‘lga kiritgan. Uning g‘alabali o‘yinlar koeffisiyenti 55,15 foizga teng bo‘ldi (165ta o‘yinda 91 g‘alaba).

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo va Lui van Gal kuchli beshlikka kirishgan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» bilan Chempionlar ligasida ikki marta (1999, 2008) g‘olib chiqqan ser Aleks Fergyuson reytingda 6-pog‘onani egalladi.

Yevropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi murabbiylar (top-10):

1. Zayniddin Zidan («Real») — 2016, 2017, 2018 yillarda g‘olib chiqqan.

2. Xosep Gvardiola («Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti») — 2009, 2011.

3. Karlo Anchelotti («Parma», «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «PSJ», «Real», «Bavariya», «Napoli») — 2003, 2007, 2014.

4. Joze Mourinyo («Portu», «Chelsi», «Inter», «Real», «Manchester Yunayted», «Tottenxem) — 2004, 2010.

5. Lui van Gal («Ayaks», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Yunayted») — 1995.

6. Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted») — 1999, 2008.

7. Yupp Xaynkes («Real», «Bavariya») — 1998, 2013.

8. Visente del Boske («Real») — 2000, 2002.

9. Rafael Benites («Liverpul», «Inter», «Chelsi», «Napoli», «Real») — 2005.

10. Ottmar Xitsfeld («Borussiya» D, «Bavariya») — 1997, 2001

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 10:30, 26.05.2020.
O'qildi: 6575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.