Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Paxtakor"ning Gresiyadagi muvaffaqiyatli turnesi

"Paxtakor"ning Gresiyadagi muvaffaqiyatli turnesi

Baho:
+ | -

1965 yil "Paxtakor" Gresiyada "Panionios", "Aris" va AYEK jamoalariga qarshi o‘yinlarda ajoyib g‘alabalarni qayd etgan.

"Panionios" jamoasi tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan uchrashuvda qatnashish uchun "Paxtakor" taklif etilgan. Shu tariqa Gresiyada jamoamiz uchun turne tashkil qilinib, unda mamlakatning nomdor klublari bilan o‘rtoqlik bellashuvlari o‘tkazilgan. Dastlabki bahs 21 avgust kuni Pireyda "Panionios" jamoasiga qarshi kechgan. Keskin kurashlar ostida kechgan bellashuvda Gennadiy Krasniskiy tomonidan kiritilgan to‘p o‘yin taqdirini hal qilgan. Uning zarbasidan keyin to‘p to‘rni teshib o‘tadi va hakam golni hisoblash borasida o‘ylanib qoladi. Yordamchilari bilan maslahatlashgach, u gol bo‘lganini tasdiqlaydi.

Ikkinchi uchrashuv 25 avgust kuni Salonikida "Aris" bilan kechadi. Yuriy Pshenichnikovning birinchi bo‘limdagi ishonchli harakatlari mezbonlarning hisobni ochishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchi bo‘limda esa "o‘zbek Pelesi" deb ta’riflangan Hamid Rahmatullayevning benefisiga aylanib ketadi. U greklar darvozasini uch marta nishonga olib, jamoamizning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlaydi.

So‘nggi bellashuv 29 avgust yana Pireyda AYEKga qarshi o‘tadi. Gresiyaning eng kuchli klublaridan biri sanalgan AYEK o‘sha yillari mahoratli ijrochilarga ega edi. Avvalroq Madridning "Real" jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida 3:3 hisobida durang o‘ynagan AYEK mazkur bahsda favorit sifatida qaralgandi. Biroq yana darvoza daxlsizligini saqlab qolgan "Paxtakor" 55-daqiqada Birodar Abduraimovning aniq zarbasi evaziga g‘alaba qozonadi. Hujumdagi ajoyib uch futbolchining gollari Gresiya turnesida jamoamizga ajoyib zafarlar keltiradi.

Gresiya turnesida Yuriy Pshenichnikov, Viktor Medvedev, Rival Zokirov, Vladimir Shtern, Viktor Naumenko, Vitaliy Suyunov, Valeriy Muxin, Vladimir Tojirov, Hamid Rahmatullayev, Sergey Melkumov, Gennadiy Krasniskiy, Birodar Abduraimov, Bahodir Ibrohimov, Maqsud Sharipov, Ahrol Inoyatov kabi futbolchilar bosh murabbiy Mixail Yakushin boshchiligida ishtirok etishgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:26, 26.05.2020.
O'qildi: 3717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.