Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Adidas» Mesut O‘zil bilan hamkorlikni to‘xtatadi

«Adidas» Mesut O‘zil bilan hamkorlikni to‘xtatadi

Baho:
+ | -

Germaniyaning Adidas kompaniyasi «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil bilan hamkorlik qilishni to‘xtatadi.

Sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya 2013 yildan beri futbolchi bilan ishlab keladi. Yetti yillik kelishuv shartlariga ko‘ra, O‘zil 22 million funtga yaqin pul ishlab olgan.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, Adidas kompaniyasi rahbariyatining O‘zil bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishining sabablaridan biri — so‘nggi yillarda futbolchining ishtirokidagi ko‘plab munozarali voqealardir.

O‘zil 2018 yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan birga suratga tushganligi uchun ko‘plab tanqidlarga uchragandi.

2019 yilning dekabr oyida esa O‘zil Xitoy rasmiylarini mamlakatda yashayotgan uyg‘urlarni ta’qib qilishda ochiqchasiga ayblagan. «Arsenal» futbolchisining bu gaplaridan o‘zini uzoqroq tutishga harakat qilgan.

Adidas’ning O‘zil bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishining yana bir sababi — koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq moliyaviy inqirozligi ham aytilmoqda. Kompaniya o‘z xarajatlarini optimallashtirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:31, 03.06.2020.
O'qildi: 3477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик