Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Yurtimizda o‘tadigan U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyunda o‘tkaziladi

Yurtimizda o‘tadigan U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyunda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni Osiyo Futbol Konfederasiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o‘tkaziladi.

Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz qur’a tashlash jarayonida turnir mezboni sifatida 1-savatchadan o‘rin oladi. Ushbu savatchada shuningdek Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Qatar vakillari joy olgan.

Mazkur musobaqada yarim finalga chiqqan 4 jamoa 2021 yil Indoneziyada o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Agar, indoneziyaliklar chorak final bosqichidan o‘ta olsa, 5-yo‘llanma uchun chorak finalda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘rtasida pley-off uchrashuvlari o‘tkaziladi.

19 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi ushbu musobaqaga Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari mezbonlik qiladi. Chempionat bahslari avvaldan belgilanganidek 14-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda, O‘zbekiston U19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonini qisqa tanaffusdan so‘ng qayta boshladi. 15 iyunga qadar yoshlar terma jamoamiz poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” bazasida o‘z mashg‘ulotlar davom ettiradi.

U19 Osiyo chempionati-2020. Qur’a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18-iyun, soat 13.30 (Toshkent v.b.)

1-savatcha: O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar
2-savatcha: Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya
3-savatcha: Malayziya, Iroq, Vyetnam, Kombodja
4-savatcha: Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:20, 05.06.2020.
O'qildi: 4970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.