Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekiston va Turkmaniston: o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston va Turkmaniston: o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari bosh kotiblari va ikki davlat elchixonalari o‘rtasida videokonferens aloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn-konferensiyada O‘zbekistonning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Akmaljon Kuchkarov, Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Turkmaniston MOQ Bosh kotibi Azat Muradov va ikki Milliy olimpiya qo‘mitalarining tegishli departament vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mavjud ikki taraflama hamkorlik Memorandumiga muvofiq pandemiya tugagach, o‘zaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazish, sport farmakologiyasi va tibbiyoti bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Turkmaniston tarafi O‘zbekistonda anchayin rivojlangan sport turlari – boks, dzyudo, og‘ir atletika, sport kurashlari bo‘yicha birgalikdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi va hozirgi kundagi pandemiya sharoitida sportchilarimiz sport holatini qanday ushlab turganliklari bilan qiziqdi va bu bo‘yicha O‘zbekiston tarafidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Xabaringiz bor, 2017 yili Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari yuqori darajada tashkil etilgan edi. Ushbu musobaqada orttirilgan boy tajribadan foydalanib, 2025 yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida Turkmaniston tarafi o‘z yordamini ayamasligi borasida ham suhbatlashildi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, yuqoridagi o‘yinlarni tashkil etish asnosida Ashxobod shahrida juda yaxshi sport infratuzilmasi yaratildi. Sportning qator turlari bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan sport inshootlari barpo etildi. Suv sport turlari, velotrek majmuasi dunyodagi sanoqli davlatlarda mavjud sport ob’ektlaridan hisoblanadi. Ana shu inshootlarda birgalikda musobaqalar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarni o‘tkazish har ikki taraf uchun ayni muddaodir.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi yuqoridagi kabi qator mamlakatlar Milliy olimpiya qo‘mitalari bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Yaponiya davlatlari bilan ikki taraflama hamkorlik bo‘yicha memorandumlar mavjud. Hozirgi kunda Litva, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Vengriya, Irlandiya, Quvayt davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum va kelushuvlarga erishish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:22, 06.06.2020.
O'qildi: 2488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик