Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Diktatorlar qaysi jamoaga muxlislik qilgan?

Diktatorlar qaysi jamoaga muxlislik qilgan?

Baho:
+ | -

Stadion.uz dunyo tarixiga o‘z nomini qon bilan yozib ketgan diktatorlarning sevimli jamoasi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tadi.

Benito Mussolini

 

Italiyadagi aksariyat tarixchilar Mussolinini Rimning “Latsio” jamoasi muxlisi deb hisoblashar edi. To‘g‘ri, Italiyaning o‘sha davrdagi rahbari bir necha bor “Latsio”ning o‘yinlarini stadiondan turib tomosha qilgan, biroq bu Mussolini “burgutlar”ning chinakam muxlisi bo‘lgan deyish uchun kamlik qiladi. Boz ustiga, Italiyadagi millatchilikning asosichisi “Roma” klubining uy uchrashuvlarini ham qoldirmay tomosha qilib borgan. E’tiborlisi shundaki, “Roma”ning tashkil etilishiga, aynan millatchilikni targ‘ib etuvchi “Italo Foski” partiyasi buyruq bergan.

Shunga qaramay, 21 asrda Italiyalik olimlar arxivlardagi ma’lumotlarga suyangan xolda bu teoriyaning yolg‘on ekanligini aniqlashdi.Unga ko‘ra, Mussolini davlat boshqaruvi tepasida bo‘lgan chog‘lari, “ ” klubini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab borgan ekan. Bunga sabab sifatida olimlar uning aynan ushbu shaharda tug‘ilib o‘sganligini ko‘rsatishgan.

 

Darhaqiqat, “Bolonya” o‘z tarixidagi 7 ta skudettoning 6 tasini Mussolini davrida qo‘lga kiritgan. Italiyaning o‘sha davrlardagi birinchi raqamli fuqorosi klub bugungi kunda qadar uy uchrashuvlarini o‘tkazayotgan «Renato Dal-Ara» stadionini qurilishi uchun katta pul ajratadi. Bundan tashqari, o‘sha davrning eng zamonaviy asbob-anjomlar va qulayliklarga ega katta bazani ham klub tasarufiga topishiradi. Tarixchilarning aytishicha, Mussolini klub futbolchilarini ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kanda qilmagan. Shu sababli, o‘sha yillar oralig‘ida deyarli barcha kuchli futbolchilar katta moash ilinjida “Bolonya” safiga kirish uchun intilishgan. Qarabsizki, klub Italiyada o‘zining mutloq hokimiyatini o‘rnatmoqda.

Achinarlisi shundaki, ikkinchi jahor urushi boshlach, vaziyat tubdan o‘zgarib ketadi. Klubni ikki bor mamlakat chempionligiga boshlab borgan murabbiy - Arpada Veysada yahudiy qoni bo‘lgani bois, Polshaga surgun qilinadi va o‘sha yerda oilasi bilan birgalikda qatl qilinadi. Benito Mussolini ikkinchi jahor urushi chog‘ida biroz sportdan uzoqlashgan bo‘lsada, moliyaviy tomondan o‘zi sevgan klubni yakkalatib qo‘ymaydi.

Adolf Gitler

 

Benitodan farqli o‘laroq, Gitler futbol ishqibozi bo‘lmagan. Shunga qaramay, Adolf ushbu sport turning xalq uchun tutgan o‘rni beqiyos ekanligini chuqur anglab yetgani bois ham futbol uchrashuvlarini stadiondan turib tomosha qilishni kanda qilmagan. U shu yo‘sinda xalq bilan birga ekanligini namoyish etmoqchi bo‘lgan. Ayniqsa, Gitler Germaniya terma jamoasining hech bir o‘yinini o‘tkazib yubormaslikka tirishgan. Germaniya mezbonlik qilgan 1936 yildagi Olimpiyadaning futbol uchrashuvlari chog‘ida, Adolf o‘z terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash borasida chinakam na’muna namoyish etgan bo‘lsada, nemislar aytarli katta g‘alabalarga erishmagan.

 

Ko‘plab tarixchilar Gitlerni “Shalke 04” jamoasiga muxlislik qilganini aytishadi. Sababi, Adolf davlat g‘aznasidan Gelzenkirxen klubi uchu katta pul ajratgani haqidagi yozma ma’lumotlar bugungki kunlarimizga qadar yetib kelgan. Klub stadioni, uning mashg‘ulotlar bazasi, hatto qishki hovuzi ham aynan Gitler davlat tepasiga kelgach bunyod etilgan.

Shu o‘rinda juda qiziq bir fakt. Bugungi kundagi o‘rtamiyona “Shalke 04” jamoasi ham o‘z tarixidagi 7 ta chempionlikning 6 tasini millatchilik va irqchilik targ‘ibchilari davrida qo‘lga kiritgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 05:46, 07.06.2020.
O'qildi: 7544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.