Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Oltin to‘p» olishi shart bo‘lgan futbolchi

«Oltin to‘p» olishi shart bo‘lgan futbolchi

Baho:
+ | -

9  iyun kuni ajoyib yulduz Uesli Sneyder tavallud topgan. 1984 yili Utrextda, g‘irt futbol oilasida. Otasi va akasi professional futbolchilar bo‘lishgan. Kenja ukasi esa havaskorlar darajasida ancha yaxshi natijalar qayd etgan. Biroq bu oila baribir Uesli orqali sharaf topdi. 7 yoshligidayoq "Ayaks" klubi akademiyasida tahsilni boshlagan Sneyder 2002 yili baxtli tasodif bois amsterdamliklar tarkibidan joy olgan. Gap shundaki, klub murabbiyi Ronald Kuman Akyasning bir qator futbolchilari jarohat olgani tufayli yoshlarni jalb etishdan boshqa yo‘l topolmadi. Natijada, Uesli maydonga tusha boshladi. Bu vaqtinchalik davrdan boshqalarga qaraganda qahramonimiz unumli foydalanib, kattalar safga qaytguncha asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib oldi.

Niderlandiya osmonining yorqin yulduzi "Real" safida o‘ynadi, biroq gollandcha uslubga moslasha olmagan jamoada uning davri u qadar yaxshi xotiralar bilan eslanmaydi. Eng zo‘r klubi shubhasiz Inter va aynan unga mos tushgan Mourinyo. Qiziq tomoni, Madridda u bilan o‘ynagan Aryen Robben ham Ispaniyadan keyingi klubida haqiqiy yulduzga aylandi. To‘g‘ri, Sneyder "Real"da mamlakat chempioni bo‘ldi, 38 o‘yindan to‘qqizta gol ham kiritdi, biroq bu natijalar u uchun yetarli emasdi. Italiyaga o‘tib Sneyder eng zo‘r davrlarini boshdan kechirdi. Inter o‘sha paytlar Apennin orolida humkronlik qilar, mamlakat chempionatidagi g‘olibligidan qoniqmay Yevropani zabt etishga ham oshiqqandi. Sneyder o‘z vaqtida o‘z jamoasiga kelib tushdi. 2010 yilgi Barsaga qarshi o‘yin, so‘ng finalda "Bavariya" mag‘lub etilgan oqshom sal o‘tib jahon chempionatida finaldagina Ispaniyaga boy berilgan o‘yin – bari-bari Sneyderni "Oltin to‘p" sohibi qiladigandek edi. Ammo o‘yin tomonlama benazir bo‘lgan Messi hech qanday natija olmagan mavsumida bu sovringa haqli topilgach, Sneyderdagi ishtiyoq so‘nggandek tasavvur uyg‘onadi.

Yaqinda u shu fikrni tasdiqlagandek intervyu berdi: Men Ronaldu va Messi kabi ko‘plab "Oltin to‘p" olishim mumkin edi, ammo ular o‘z karyeralari uchun umrlarini berishdi, men esa, ham futbolni, ham rohatlanib yashashni tanladim. Achinmayman, shunda ham faoliyatim ancha zo‘r chiqdi.

Bu gaplarni gapirar ekan, Sneyder asl haqiqatni aytmayotgandek tuyuldi menga. So‘zlari ichida yashiringan gap bor ediki, uni uqishimiz uchun o‘sha – 2010 yilgi to‘liq mavsumga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. Klubida Messi bilan to‘qnash kelib uni mag‘lub etsa ham, terma jamoasi bilan Leo gol ura olmagan turnirda finalgacha borsa-da, shaxsiy sovrin yuta olmasa, odamga alam qilishini aytmay ketgandek. Qiziq tomoni, Sneyder "Oltin to‘p" sovrini uchun kurashda uchtalikdan ham joy olmagan. Haligacha tushunarsiz natija.

29 yoshida unga APLning bir qator top-klublari taklif bilan chiqishgan, biroq negadir Turkiya chempionatini tanlagandi. Shu ham alamzadalik hissidan paydo bo‘lgan qaror bo‘lsa kerak, deyman. Ha, jahon futboli shunday noyob qobiliyatining haqiqiy qadrini bilmadi. Balki Sneyderning o‘zi ham eng muhim pallada – kurashishi kerak chog‘larda ortga chekingani katta xatosidir. Vaholanki, xuddi shunaqa holatga to‘rt bora tushib qolgan Ronaldu kurashishda davom etdiku. U esa yo‘q. Demak, hamma gap "Oltin to‘p"da emasdir...

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:43, 09.06.2020.
O'qildi: 8335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.