Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Manba: Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining qolgan qismi formati tafsiloti ma’lum bo‘ldi

Manba: Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining qolgan qismi formati tafsiloti ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

17 iyun, chorshanba kuni UEFAning ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasining joriy mavsumdagi qolgan qismi formati tasdiqlanadi.

Bugun "Sky Sport Italia" nashri yevrokuboklar qay tarzda yakunlanishi borasidagi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Chempionlar ligasi

"Atletiko", "PSJ", "Atalanta" va "Leypsig" klublari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishgan.

"Barselona" – "Napoli" (birinchi o‘yin - 1:1), "Manchester Siti" – "Real" (2:1), "Bavariya" – "Chelsi" (3:0) va "Yuventus" – "Lion" (0:1) juftliklarida esa javob o‘yinlari o‘tkazilishi kerak. Ular 6-7 avgust kunlari avval rejalashtirilganidek, Barselona, Manchester, Myunxen va Turin shaharlarida o‘tkaziladi.

Chorak finaldan boshlab barcha o‘yinlar Lissabon shahrida o‘tkaziladi. 12 avgustdan 15 avgustga qadar har kuni bittadan chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

18-19 avgust kunlari yarim final bahslari belgilangan. Final esa 23 avgust kuniga rejalashtirilmoqda.

UEFA chorak final va yarim final bosqichi o‘yinlariga iyul oyida qur’a tashlaydi.

Yevropa ligasi

Yevropa ligasi musobaqasida vaziyat murakkabroq. Turnirning nimchorak final bosqichi doirasida 2ta juftlikda hattoki dastlabki o‘yinlar ham o‘tkazilmagan.

"Sky Sport Italia"ga ko‘ra, "Inter" – "Xetafe" va "Roma" – "Sevilya" juftliklari g‘oliblari Germaniyadagi neytral maydonda o‘tkaziladigan bitta o‘yinda aniqlanadi.

Qolgan juftliklardagi javob bahslari esa avvaldan rejalashtirilgan shaharlarda o‘tkaziladi.

Sakkiz finalchi esa 10-21 avgust kunlari oralig‘ida Germaniyaning Duysburg, Gelzenkirxen, Dyusseldorf va Kyoln shaharlari mezbonlik qiladigan chorak final, yarim final va final uchrashuvlarida ishtirok etishlari kerak. Yevropa ligasi finali 21 avgust kuni Kyolnda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Chorak final bahslari 10-11 avgust, yarim final o‘yinlari esa 16-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

UEFA superkubogi 24 sentyabr kuni Budapeshtda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 00:23, 16.06.2020.
O'qildi: 10990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.