Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

21 yil deganda erishilgan g‘alaba, penalti va duranglar seriyasi, "rels"dan chiqqan "Lokomotiv" va boshqa voqealar — Superligada tur yakunlari

21 yil deganda erishilgan g‘alaba, penalti va duranglar seriyasi, "rels"dan chiqqan "Lokomotiv" va boshqa voqealar — Superligada tur yakunlari

Baho:
+ | -

Uzoq tanaffusdan so‘ng ishqibozlar intiqib kutgan futbol mavsumi "restart" oldi. Dam olish kunlari va dushanba kuni o‘tgan O‘zbekiston Superligasi 4-tur bahslari ancha shiddatli, kutilmagan va qiziqarli voqealarga boy o‘tdi.

14 iyunda “Milliy“ stadionda mehmon bo‘lgan "Qo‘qon-1912" butunlay ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib namoyish etgan, o‘ta ehtiyotkor futboli evaziga "Bunyodkor"ga imkoniyatini boy berdi 1:0.
Navoiyda kechgan, "Qizilqum" va "AGMK" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda, Erkin Baydullayev, Mate Vatsadzelar qatorida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushgan Elguja Grigalashvilining yagona goli Olmaliqliklarga kichik g‘alabani keltirdi 0:1.

Dam olish kunida esa kutilmaganda, chempionat yetakchisi, Shota Alveradzi qo‘l ostidagi jamoa, Jizzaxda mag‘lubiyatga uchradi. Belgilangan penaltidan foydalana olmagan Shohruz Norxonov, o‘yindan gol kiritib, o‘z jamoasiga 21 yil deganda o‘zaro o‘yinlardagi g‘alabani keltirdi. "So‘g‘diyona" va "Paxtakor" 1:0.

O‘sha kuni, Qarshidagi bahs ham kutilganidek turning markaziy uchrashuvi maqomida o‘tdi. Bir emas, ikki marta 11 metrdan darvozaga kirmagan to‘p. Ammo, 4 ta gol. "Nasaf" va "Navbahor" 2:2. Yakunda, jangovor durang.

Dushanbada muxlislar tur doirasidagi 3 ta o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Dastavval, Termizda, Bahrom Haydarov jamoasi "Mash’al"ga qarshi durang qayd etdi 2:2. Shu tariqa "Surxon"ning Muborakliklarga qarshi Termizdagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari ko‘rsatgichi saqlanib qoldi.

"Buxoro" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin, ma’lum sabablarga ko‘ra Muborakdagi o‘yingohda bo‘lib o‘tdi. Norxonov, Eshmurodov, Turg‘unboyelardan farqli ravishda Jamshid Hasanov belgilangan ikkala penaltni ham golga aylantirdi. Mezbon sifatida harakat qilgan Buxoroliklar esa irodali o‘yin namoyish etib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Umumiy hisob 2:2.

Poytaxtda mehmon bo‘lgan Andrey Shipilov shogirdlari "temiryo‘lchilar" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p yo‘llab, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Ignati Nesterov darvozasiga Shahzod Ubaydullayev tomonidan kiritilgan gol esa nafaqat o‘yin balki, tur bezagiga aylandi. Yakunda, "Lokomotiv" va "Metallurg" 0:3.

Dadajon Foziljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:20, 16.06.2020.
O'qildi: 5082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик