Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

«Paxtakor» - «Bunyodkor». Jamoalar libosining rangi va o‘yinlar vaqti ma’lum

«Paxtakor» - «Bunyodkor». Jamoalar libosining rangi va o‘yinlar vaqti ma’lum

Baho:
+ | -

19 iyun kuni Coca Cola Cuperligada 5-tur o‘yinlari start oladi.

Turning markaziy uchrashuvi shubhasiz poytaxtda bo‘lib o‘tadi. Unda «Paxtakor» «Bunyodkor» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Dastlabki to‘rt turdan keyin turnir jadvalida to‘qqiz ochko bilan 2-3-o‘rinlarni egallab turgan jamoalar o‘rtasidagi bahs qiziqarli kechishiga shubha yo‘q. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasini ma’lum qildi. Unga ko‘ra poytaxt derbisi Sherzod Qosimovga ishonib topshirildi. Yoshlar birinchiligi doirasidagi bahsda esa, Rahim Karimov ishlaydi. Bellashuvda «Paxtakor» jamoasi to‘liq oq, «Bunyodkor» futbolchilari to‘liq ko‘k rangdagi liboslarda harakat qiladi.

O‘rinbosarlar o‘rtasidagi bahs «Bunyodkor» akademiyasining 1-maydonida bo‘lib o‘tadi. Taqvimga ko‘ra, mazkur o‘yin mezboni «Paxtakor». «Paxtakor» o‘rinbosarlari uy uchrashuvlarini Qibraydagi «Markaziy» stadionda o‘tkazadi. Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Qibray tumani qizil hududga kiritilgan. Shu sababli bu hududda o‘yin o‘tkazishning imkoni yo‘q. Shuning uchun ushbu bellashuv «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o‘tkaziladi. Ikkinchi davrada aksincha «Bunyodkor» mezbonligidagi o‘yin Qibrayda bo‘lib o‘tadi.

YOSHLAR BIRINCHILIGI. 5-TUR
«PAXTAKOR» – «BUNYODKOR»
18 iyun. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 18:30
Bosh hakam
: Rahim Karimov. 
Qanot hakamlari: Otabek Qosimov, Farrux Yo‘ldoshev. 
Zaxiradagi hakam: Davron Akmalov.
Nazoratchi: G‘ayrat Karimov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.

SOCA COLA SUPERLIGA. 5-TUR
«PAXTAKOR» – «BUNYODKOR»
19 iyun. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 20:00
Bosh hakam:
Sherzod Qosimov. 
Qanot hakamlari: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov. 
Zaxiradagi hakam: Rahim Karimov.
Nazoratchi: G‘ayrat Karimov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:52, 17.06.2020.
O'qildi: 2692 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.