Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Qizilqum» rahbariyatidagi o‘zgarish noqonuniy deb topildi

«Qizilqum» rahbariyatidagi o‘zgarish noqonuniy deb topildi

Baho:
+1 | -

Shu mavsumda “Qizilqum” futbol klubi prezidenti etib Hasan Ro‘ziyev tayinlangani va keyinroq uning ushbu lavozimdan ketgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Hasan Ro‘ziyevning “Qizilqum” futbol klubiga rahbarlik qilishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqdi.

“Qizilqum” futbol klubi 2013 yil 26 sentyabrda Navoiy viloyati adliya boshqarmasidan muassasa tashkiliy huquqiy shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, “Qizilqum” professional futbol klubi 2015 yil 8 iyun kuni Navoiy viloyati adliya boshqarmasidan jamoat birlashmasi tashkiliy huquqiy shakliga o‘zgartirish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan.

“Qizilqum” futbol klubi Ustavining (2015 yil 8 iyunda 270-son bilan Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olingan) 6-bo‘limida futbol klubining boshqaruv organlari sifatida Umumiy yig‘ilish, Kengash, klub bosh direktori belgilangan. Joriy yilning 6 mart sanasida Hasan Ro‘ziyev “Qizilqum” futbol klubi prezidenti etib tayinlangani e’lon qilingan bo‘lsa-da, futbol klubi Ustavida boshqaruv organlari sifatida klub prezidenti lavozimi qayd etilmagan.

Aniqlanishicha, “Qizilqum” futbol klubi Umumiy yig‘ilishining 2020 yil 6 martdagi qaroriga asosan klub prezidenti lavozimi joriy etilib, ushbu lavozimga Hasan Ro‘ziyev tayinlangani rasmiylashtirilgan. Ammo qoidaga ko‘ra, agar futbol klubida prezident lavozimi joriy etilsa, dastlab mazkur lavozim ta’sis etilishi, shuningdek, uning vakolatlari  klubning Ustaviga kiritilib, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 47-bandiga muvofiq nodavlat notijorat tashkiloti rahbar organining yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organi tarkibida o‘zgarishlar yuz berganida — rahbar organlar qarorlarining nusxasi bir oy mobaynida adliya organiga taqdim etilishi kerak.

“Qizilqum” klubi bilan bog‘liq vaziyatda futbol klubi Ustaviga klub prezidenti lavozimi ta’sis etilgani kiritilmagan, qolaversa bu haqda Navoiy viloyati adliya boshqarmasiga belgilangan muddatda xabar berilmagan. Bundan tashqari, futbol klubi Ustavining 6.2-bandiga muvofiq Umumiy yig‘ilish futbol klubi a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Qarorlar yig‘ilishda ishtirok etuvchi a’zolarning ko‘pchilik 2/3 ovozi bilan qabul qilinadi. Umumiy yig‘ilish Kengash qaroriga asosan bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilish Kengash qaroriga asosan, Klub bosh direktorining tashabbusi bilan yoki Klubning 1/3 qismidan kam bo‘lmagan a’zolarining yozma talabiga ko‘ra chaqirilishi mumkinligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Qizilqum” futbol klubining 2020 yil 6 martdagi Umumiy yig‘ilishi va uning bayonnomasi belgilangan talablar asosida o‘tkazilmagani hamda rasmiylashtirilmagani oydinlashadi. Natijada ushbu yig‘ilish bayonnomasi futbol klubi Umumiy yig‘ilishining 2020 yil 12 apreldagi qaroriga asosan bekor qilingan.

Demak, bayon etilgan asoslarga ko‘ra, Hasan Ro‘ziyevning “Qizilqum” futbol klubi prezidenti sifatida faoliyat yuritgani futbol klubi Ustaviga zid va noqonuniy hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:01, 23.06.2020.
O'qildi: 3527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.