Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn - Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Qo‘qon-1912» yana yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Qo‘qon-1912» yana yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Bugun Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida Coca-Cola superligasining  6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan mezbonlar faollik ko‘rsatishdi. Biroq ilk xavflini navoiyliklar yuzaga keltirishdi. 15-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Qo‘qonliklar darvoza ustuni goldan saqlab qoldi.

18-daqiqada Sobit Sindarovning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 23-daqiqada Berdiyevning jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pini raqiblar qaytarishdi. 36-daqiqada "Qo‘qon-1912" tomonidan amalga oshirilgan kombinasiya Berdiyevning noaniq zarbasi bilan tugadi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida har ikki jamoa bir qator vaziyatlarga ega bo‘lishlariga qaramay, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari shiddatli tarzda boshlashganiga qaramay, 47-daqiqada ularning darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. Botir Ergashev ajoyib harakati "Qo‘qon-1912"ni goldan saqlab qoldi. 50-daqiqada esa hisob ochildi. Ajoyib kombinasiya, ketma-ket zarbalar va Rayevas uchinchi zarbada raqib posbonini ojiz qoldirdi.

68-daqiqada raqiblarimiz jarima maydonchasi ichida Shohnazar Norbekovga qarshi qo‘pollik ishlatishdi. Bosh hakam penalti belgiladi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirdi. 80-daqiqada mehmonlarda yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Botirali Ergashev o‘zini ko‘rsatdi.  

O‘yinning so‘nggi daqiqasida Suhrob Berdiyev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib hisobni yiriklashtirdi. Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Coca Cola superligasi, 6-tur
"Qo‘qon-1912" - "Surxon" – 3:0 (0:0)
Gollar: Filip Rayevas (51), Murod Xolmuhammedov (70 pen), Suhrob Berdiyev (90+4).
“Qo‘qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 3. Boburjon Akbarov, 4. Sobit Sindarov (14. Avazxon Mamatxo‘jayev – 87), 7. Shohnazar Norbekov (19. Hamidillo Abduhamidov-79), 9.Suhrob Berdiyev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev (91. Yakuba Bamba – 87), 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevas (20. Iqboljon Malikjonov – 69), 70. Murod Holmuhammedov.
"Surxon": 1. Asilbek Amanov, 2. Abduqaxxor Xojiakbarov, 5. Vladimir Bubanya, 7. Husniddin G‘ofurov (21. A’zamjon Aliyev – 66), 10. Shavkat Salomov (17. Sardor Sulaymonov – 82), 11. Aleksandr Kasyan (38. Muhammad-Ali Abdurahmonov -82), 19. Nuriddin Hasanov (8. Sherzod Karimov – 66), 20. Husniddin G‘ofurov, 32. Jaxongir Mexmonov, 44. Darko Stanoyevich, 77. Asror G‘ofurov.
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Alisher To‘xtasinov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Laziz Qo‘chqarov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:54, 25.06.2020.
O'qildi: 3578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.