Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqib darvozasi tomon 20ga yaqin zarba berdik, ammo gol ura olmadik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqib darvozasi tomon 20ga yaqin zarba berdik, ammo gol ura olmadik»

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turi doirasida «Nasaf» va «Buxoro» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

Bugun raqib darvozasi tomon 20ga yaqin zarba berdik, g‘alabaga erishish uchun vaziyatlar ham yarata oldik. Lekin oxirgi nuqtani qo‘yish, hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik yetishmayapti. Yigitlar bugun g‘alaba qozonish uchun harakat qilishdi. O‘yin bir tomondan qoniqtirdi, ammo futbolda natija birinchi o‘rinda. Natija bizni qoniqtirmadi. Raqiblar bizga yuqori baho bergan holda faqat himoyaviy o‘yin tanlashmoqda. Shunga qaramay vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. To‘g‘ri ochko ko‘p yo‘qotayapmiz.

— Karantindan keyin jamoa ketma-ket uchta durang qayd etdi. «Nasaf» durangchi jamoaga aylanib qolmadimi?
— Yo‘q. To‘g‘ri durang o‘ynayapmiz, ammo ko‘rgan bo‘lsanglar mana shu uchala o‘yinda raqiblardan ustunlik qildik. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi.

— Dilshod Rahmatullayev oxirgi ikki o‘yinda buyon zaxiraga olinmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
— Yo‘q, uning tajribasi bor. Unga ishonamiz. Ba’zida o‘z o‘yinchisini yo‘qotib, hujumga berilib ketayotgani uchun sxemamizni o‘zgartirdik va uni almashtirdik.

— Stanoyevich burchak to‘pini amalga oshirmoqda. U bo‘ydor, burchak to‘pini amalga oshirmay jarima maydoni ichida ko‘proq foydali bo‘lmasmidi?
— Markoni bosh bilan yuqori saviyada o‘ynay olishini ko‘rmadim. Lekin jarima to‘plarini yaxshi amalga oshiradi.

— Dilshod Saitov qachon safga qaytadi?
— Jarohatidan deyarli qutuldi, o‘ylashimcha keyingi turlarda maydonga tushadi.

— Afrikalik futbolchining taqdiri nima bo‘ldi?
— Faysal Traore bizga tegishli futbolchi va «Dinamo» safida qaydnomadan o‘tgandi. Biroq yaqinda Samarqand klubi ijara shartnomasini bekor qildi. Biz faqat transfer oynasi ochilganidan keyin uni ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:05, 27.06.2020.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик