Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘yin kuni: AGMK - «Mash’al»

O‘yin kuni: AGMK - «Mash’al»

Baho:
+ | -

Bugun AGMK Superliga doirasidagi navbatdagi bahsni «Mash’al»ga qarshi o‘tkazadi.

"Mash’al" haqida gapiradigan bo‘lsak, raqib o‘yinni asosan himoyadan qurib, qarshi hujumga tayanadigan o‘yin uslubini joriy qiladi.  Mudofaa chizig‘i nisbatan barqarorligi tufayli muborakliklar eng kam gol o‘tkazish borasida to‘rtta gol o‘tkazgan holda to‘rtinchi jamoa bo‘lib turibdi.

"Mash’al" 5 o‘yinda jami 6 gol urgan. Dastlab "So‘g‘diyona"ni 3 ta gol bilan siylagan muborakliklar "Qizilqum"ga bitta gol urgan va Termizda "Surxon" darvozasi 2 marotaba ishg‘ol etilgandi. Gollarga Meliyev (2), Pavlenko (2), Normurodov va Abdusalomov mualliflik qilishgan.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK hozircha mag‘lubiyatsiz seriyani "Nasaf" bilan birgalikda davom ettirmoqda.

AGMK mavsumni uyda "Metallurg" (1:1) bilan durang qayd etgan holda boshladi. Keyinchalik Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga (1:1) qarshi bahsda yana g‘olib aniqlanmadi. Olmaliqda o‘tgan "Bunyodkor" (2:0) bilan bo‘lgan to‘qnashuvda jamoamiz ishonchli g‘alabani tantana qildi. So‘ngra Navoiyda "Qizilqum" (1:0) ustidan g‘alaba qozonildi va o‘tgan tur jamoamiz "Surxon"dan ustun keldi. Jamoamiz chempionatda eng kam gol (-2) o‘tkazib yuborgan jamoa.

AGMKning kiritgan gollariga Mate Vatsadze, Igor Zonich, Murodjon Toshmatov, Hojimat Erkinov, Elguja Grigalashvili va Arslonmirat Amanov mualliflik qilishgan.

AGMK - "Mash’al" jamoalarining o‘zaro uchrashuvi tarixiga nazar tashlasak, bunga qadar barcha musobaqalarda jami 20 o‘yin o‘tkazilgan. Bu borada ustunlik muborakliklak tarafida. AGMK 7 g‘alaba, "Mash’al" 9 yutuqqa erishgan. Qolgan 4 uchrashuv durang bilan tugagan. To‘plar nisbati: 21-23.

Ushbu jamoalar Olmaliqda jami 11 o‘yin o‘tkazishgan. Uydagi o‘yinlarimizda AGMK 7 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Bugungi o‘yin bosh hakami etib iqtidorli referi Asker Najafaliyev tayinlandi. Mazkur tayinlov Asker Najafaliyev uchun AGMK ishtirokidagi to‘rtinchi bahsga aylanadi. Bunga qadar Olmaliqqa o‘tgan mavsum uch marotaba tashrif buyurgan Najafaliyev jamoamizning “So‘g‘diyona” (0:1), “Nasaf” (2:1) bilan bo‘lgan o‘yin hamda “Qizilqum”ga (4:1) qarshi uchrashuvlarida ishlagandi.

Qatorasiga uchta durang o‘ynagan «Mash’al» ketma-ket 3 g‘alabani tantana qilgan AGMK mehmoni bo‘ladi. Bugungi ehtimoliy g‘alaba jamoamizni turnir jadvalida 2-o‘ringa olib chiqadi.

Superliga, 6-tur.
27 iyun, shanba.
AGMK – MASH’AL (19:00)
Hakamlar: Asker Najafaliyev, Sultonmurod Ulfatov, Sardor Nishonboyev, To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Andrey Tambovsev
Komissar: Ramil Ilyasov.
Translyasiya: «Mahalla».

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 06:30, 27.06.2020.
O'qildi: 1813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.