Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Zuhriddin Qilichevdan anons: AGMK - «Mash’al»

Zuhriddin Qilichevdan anons: AGMK - «Mash’al»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Superligasida 6-tur yakuniga yetadi. Kun doirasidan ikkita o‘yin («Metallurg»-«Navbahor» «Sport» TV, AGMK – «Mash’al» «Mahalla» TV – har ikki bahs jonli namoyish qilinadi) o‘rin olgan bo‘lib, to‘rt jamoani ham o‘ziga xos xarakteri bor deya olaman.

6-turning so‘nggi ikki uchrashuvidan kamina Zuhriddin Qilichev AGMK – «Mash’al» uchrashuvida ishlayman. Ko‘proq mana shu ikki jamoa haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bu jamoalarning joriy mavsum ko‘rsatayotgan o‘yini va qayd etayotgan natijalariga e’tibor qaratsak, yuqorida sanab o‘tgan sifatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

AGMK

Olmaliqliklar joriy mavsum Superligada mag‘lub bo‘lmagan ikki jamoaning biri bo‘lib turibdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari dastlab, «Metallurg» va «So‘g‘diyona» bilan ketma-ket durang o‘ynashdi. So‘nggi 3ta turda AGMK «Bunyodkor»ni 2:0, «Qizilqum»ni safarda kichik hisobda, «Surxon»ni o‘z maydonida 1:0 ko‘rinishida mag‘lub qildi. Suxrob Sultonov ketma-ket 3ta o‘yindir-ki, gol o‘tkazib yubormayapti.

«Mash’al»

"Chaqilmas yong‘oq" – bu iborani, qo‘rqmasdan Dilyaver Vaniyev shogirdlari haqida ishlatsak bo‘ladi. Superliga debyutanti 5ta o‘yinda 1 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat qayd etishdi. So‘nggi 3ta turda «Mash’al» ketma-ket «Qizilqum», «Surxon» va «Nasaf» bilan durang o‘ynadi. Muborakliklarning «So‘g‘diyona»ni mag‘lub qilgani, «Surxon» va «Nasaf»dan ochko tortib olgani olqishga sazovor. Bu haqiqiy xarakter.

O‘yinning ahamiyati

- AGMK ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, 14 ochko bilan jadvalda ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.

- «Mash’al» g‘alaba qozonsa, 9 ochko bilan yettilikka ko‘tarilib olishi mumkin. Jadval e’tibori bilan ham o‘yinning ahamiyati juda yuqori

Tarix

AGMK - «Mash’al» jamoalarining o‘zaro uchrashuvi tarixiga nazar tashlasak, bunga qadar barcha musobaqalarda jami 20 o‘yin o‘tkazilgan. Bu borada ustunlik muborakliklar tarafida. AGMK 7 g‘alaba, «Mash’al» 9 yutuqqa erishgan. Qolgan 4 uchrashuv durang bilan tugagan. To‘plar nisbati: 21-23.

Ushbu jamoalar Olmaliqda jami 11 o‘yin o‘tkazishgan. Uydagi o‘yinlarda AGMK 7 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Vaqt va manzil

Superliga 6-turidan o‘rin olgan AGMK – «Mash’al» bahsi Olmaliqda bugun soat 19:00da boshlanadi va «Mahalla» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. O‘yin translyasiyasida «Sport» telekanalining ahil jamoasi ish olib boradi. Qiziqarli o‘tishi kutilayotgan uchrashuvda barchaga omad tilaymiz!

Manba: http://t.me/zuhriddin_qilich
Kiritildi: 17:09, 27.06.2020.
O'qildi: 2112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.