Daily Star nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Angliyaning "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Adam Lallana Angliyaning «Lester» klubi bilan kelishuvga erishdi.
Lallana yangi jamoasiga bepul ko‘chib o‘tadi, chunki uning "Liverpul" bilan shartnomasi yaqin kunlarda o‘z yakuniga yetadi.
Lallanaga sobiq jamoasi - «Sautgempton» ham davogarlik qilayotgandi. Lekin, futbolchining o‘zi Brendan Rodjers jamoasini tanlashga qaror qildi.