Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eng qimmat “qariyalar” (top 10)

Eng qimmat “qariyalar” (top 10)

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbol tarixidagi eng qimmat qariyalar bilan tanishtirib o‘tadi. E’tiborlisi ular orasida “Bunyodkor” futbolchisi ham mavjud.

Nayjel Martin – “Evertonga” (800 ming yevro)

33 yoshida “Kristal Pelas” jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lgan futbolchi “Lids”ga o‘tadi va 6 mavsum klub sharafini himoya qiladi. Angliya terma jamoasi safida 20 ta o‘yin o‘tkazgan Martinni yosh va iqtidorli Pol Robinson asosiy tarkibdan chiqarib yuborgach, 2002-yilda “Everton” 800 ming yevro evaziga uni sotib oladi.

Gregori Kupe – PSJ (800 ming yevro)

Kupe uzoq yillar davomida “Lion” sharafini munosib himoya qildi. Faqat 34 yoshga kelibgina jamoasini almashtirish maqsadida Fransiyani tark etadi va “Atletiko” safiga borib qo‘shiladi. Afsuski, raqobatda mag‘lub bo‘lgan Kupeni “matraschilar” bir mavsumdan so‘ng Parij klubiga sotib yuborishdan boshqa chora topa olmaydi.

Stiv Bould – “Sanderlend” (800 ming yevro)

“Arsenal” sharafini 11 yil davomida munosib himoya qilgan futbolchini “Sanderlend” katta umidlar bilan sotib olgan edi. Jamoa tajribali himoyachini o‘ynovchi murabbiyga aylanishini tahmin qilgan bo‘lsada, yakunda Bould hech qanday naf bergani yo‘q. Yosh va kuchga to‘lga himoyachilar bilan raqobatni boy bergach, klub uni o‘yin qaydnomasiga ham kiritmay qo‘ydi. Vaziyatni tushunib yetgan Stiv mavsum so‘nggida butsalarini mixga ilib yubordi. Vaholanki, 36 yoshli futbolchi uchun 1999-yilda (o‘sha davrlar uchun katta summa) “Sanderlend” 800 ming yevrodan voz kechgan edi.

Rivaldo – “Bunyodkor” (1 million yevro)

Afsonaviy futbolchi 30 yoshdayoq top jamoalar “nazaridan qolishga” ulgurgan va pul topish ilinjida dunyo kezishga tushib ketgan edi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 36 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun 1 million yevrodan voz kechdi va adashmadi. Ikki yarim mavsum davomida “qaldirg‘ochlar” sharafini himoya qilgan Rivaldo 2 bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi va o‘zbek futboli tarixida qolishga muvaffaq bo‘ldi. Tan olish lozim, milliy chempionatimizda hali uning darajasidagi futbolchi to‘p surganicha yo‘q. Keyinchalik, Rivaldo yana 4 mavsum davomida turli chempionatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rdi va Braziliyada futbol bilan xayrlashdi.

Garet Barri – “Vest Bromvich” (1,1 million yevro)

“Vest Bromvich” 36 yoshli futbolchini 2017 yilda sotib olgan bo‘lsada, u hali-hamon asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib kelmoqda. Afsuski, katta ehtimol bilan Barri bilan tuzilgan shartnoma yangilanmaydi. Sababi, bu mavsumda qahramonimiz atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Shunday bo‘lsada, u bilan bir nechta quyi dvizion vakillari qiziqmoqda.

Devid Jeyms – “Portsmut” (1,7 million yevro)

2006-yilda Jeym 36 yoshni qarshi olgan, biroq juda tajribali darvozabonlardan biri edi. Shu sababli, “Portsmut” uning transferi uchun “Manchester Siti”ga 1,7 million yevro to‘lashdan bosh tortgani yo‘q. Barcha uning katta arenalarda boshqa ko‘rinmasligini tahmin qildi, biroq kipper 2008-yilda jamoasi uchun Angliya liga kubogi g‘olibligi yo‘lida qahramonlik namoyish etdi. Uning “Portsmut”dagi faoliyati eng yorqin daqiqalar sifatida tarixda qoldi. Achinarlisi shundaki, darvozabon moliyaviy muammolardan chiqib ketish uchun 45 yoshga qadar sportdan ketgani yo‘q. Uning so‘nggi manzili Hindiston chempionati bo‘ldi.

Naldo – “Monako” (2 million yevro)

Tan olish lozim, “Monako” 2019-yilda 36 yoshli himoyachi uchun 2 million sarf etib tavakkalga qo‘ld urdi. Fransuzlar uning tajribasidan va ikkinchi qavatdagi ustunligidan foydalanmoqchi edi, biroq hammasi achinarli tus oldi. Bir mavsum davomida 7 ta o‘yinda maydonga tushgan Naldo 2 bor maydondan chetlatilish bilangina muxlislar yodida qoldi. Klub esa, mavsum so‘nggida u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Sarf qilingan 2 million esa, havoga uchib ketdi.

Bred Fridel – “Aston Villa” (2,5 million yevro)

“Aston Villa” ham 37 yoshli kipper uchun 2,5 million bilan tavakkal qildi, biroq “Monako”dan farqli o‘laroq bu transfer omadli keldi. 3 mavsum davomida asosiy darvozabon sifatida harakat qilgan Fridel har uchta o‘yinning birida darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va uning transfer narxi ikki barobar ko‘tarilib ketdi. Jamoani erkin agent sifatida tark etgan AQSH terma jamoasi a’zosi “Tottenhem” bilan shartnoma imzoladi va yana 4 mavsum “shporlar” ixtiyorida bo‘ldi.

Jak Sangoo – “Mes” (6,5 million yevro)

Bu transfer futbol olamidagi eng mantiqsiz pul sarf etish sifatida tarixda qolishi aniq. O‘rtamiyona jamoaning 37 yoshli futbolchi uchun 2001-yilda 6,5 million sarf etishini tushunish qiyin. Eng qizig‘i shundaki, qariya darvozabon uchun bugungi kunda ham hech qaysi klub 6,5 million sarf etmaydi. Afsuski, “Mes” klubi ushbu transfer ortidan faqat zarar ko‘rdi xolos. Kamerunlik kipper jamoaga kelib qo‘shilishi bilan 2 oy davomida milliy terma jamoasi yig‘inida bo‘ldi. Keyin, ikkita omadsiz uchrashuv va abadiy zaxira o‘rindig‘idan joy oldi. Qahramonimiz 2 mavsum klub sharafini himoya qilgan bo‘lsada, atigi 12 bor maydonga chiqdi xolos.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:00, 29.06.2020.
O'qildi: 10733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.