Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu: Yengilmas jamoalar qarama-qarshiligi

Prevyu: Yengilmas jamoalar qarama-qarshiligi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to‘qnashuvida 27-bellashuv.

Hozirga qadar o‘tkazilgan 26 uchrashuvda AGMK 4 g‘alaba, 9 durang va 13 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To‘plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 23-41.

Ayni paytda jamoalar chempionat turnir jadvalida deyarli yonma-yon turishibdi. AGMK yakunlangan 6-turdan keyin 14 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, "Nasaf" 12 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda.

AGMK chempionatda qatorasiga 4 o‘yindan buyon g‘alaba qozonayotgan bo‘lsa, "Nasaf" karantindan keyingi hamma o‘yinda durang o‘ynamoqda. E’tiborli tarafi, o‘tgan turda ham AGMK ketma-ket 3 durang qayd etgan "Mash’al"ni mehmon qilgandi. Bu gal ham AGMKning navbatdagi raqibi Olmaliqqa qatorasiga 3 durang qayd etgan holda tashrif aylamoqda.

Mazkur bahs shubhasiz turning eng markaziy to‘qnashuvi. Birinchidan, turnir jadvali e’tibori bilan ham bo‘lajak o‘yin ahamiyati yuqori va uchrashuv 6 ochkolik qadrga ega. Qo‘shimchasiga, joriy mavsum Superligada hozircha umuman mag‘lubiyatga uchramagan ikki yengilmas jamoalarning o‘zaro bahsida tarozi pallasi kimning foydasiga tortiladi, bu ham ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

"Nasaf" o‘tkazilgan 6 o‘yindan 3tasida g‘alaba qozongan va 3 durang o‘ynagan. "Nasaf"ning kiritgan gollariga Bobir Abdixoliqov (4), Sharof Muhitdinov (2), Marko Stanoyevich (2) va Oybek Bozorov mualliflik qilishgan.

AGMK chempionatda eng kam gol (-2) o‘tkazib yuborgan jamoa sanaladi. AGMKning kiritgan gollariga Mate Vatsadze, Igor Zonich, Murodjon Toshmatov, Hojimat Erkinov, Elguja Grigalashvili va Bahrom Abduraximov mualliflik qilishgan.

AGMK O‘zbekiston milliy chempionatida o‘tkazgan 345 o‘yindan 123tasida g‘alaba qozongan, 150 mag‘lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 472-503.

AGMK - "Nasaf" uchrashuvi 2 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 20:00da boshlanadi. O‘yin karantin talab va qoidalariga muvofiq tarzda tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Uchrashuvni MTRK tarmog‘idagi "Oilaviy" kanali jonli efirda namoyish qiladi.

Superliga, 7-tur
2 iyul, payshanba.
AGMK – NASAF
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Husniddin Bahodirov, Dostonbek Rahmonov
Nazoratchi: Timur Abdullayev
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 10:55, 30.06.2020.
O'qildi: 2143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.