Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Stefi Mavididi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchiga "Monpel" klubi qiziqib qolgan. Tomonlar transfer borasida kelishuvga erishgan. "Monpelye Mavididi uchun 7-8 million yevro to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi bungacha "Dijon" safida ijarada harakat qilayotgan edi.