Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

AGMK - «Nasaf» uchrashuvi oldidan

AGMK - «Nasaf» uchrashuvi oldidan

Baho:
+ | -

Bugun AGMK Olmaliqda Superliga doirasidagi navbatdagi muhim bahsni o‘tkazadi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf”ni mehmon qiladi.

Superligada yuqori o‘rinlar uchun jiddiy kurashayotgan jamoalar, hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bu ikki raqib o‘rtasidagi to‘qnashuv nafaqat turning, balki joriy mavsum hozirgacha o‘tkazilgan uchrashuvlar ichida eng markaziy bellashuvga aylanadi.

G‘alaba har ikkala jamoa uchun 8-tur oldidan 2-o‘rinni kafolatlaydi va ehtimoliy peshqadamga ham aylantirishi mumkin.

Raqib - “Nasaf” mavsumni 3 g‘alaba bilan boshlab, karantinga peshqadam sifatida yo‘l oldi. Karantindan keyingi restartda esa durang qayd etish bo‘yicha xet-trikni rasmiylashtirib, jami 12 ochko to‘pladi.

AGMK mavsumni dastlab 2 durang bilan boshlab, karantin oldidan Olmaliqda “Bunyodkor”ga imkoniyat qoldirmagan holda g‘alabani tantana qilgandi. Karantindan keyingi restartni esa jamoamiz g‘alaba qozonish bo‘yicha xet-trik qayd etgan holda davom ettirayotgan yagona jamoa. Bu gal restartdagi xet-trikni pokerga aylantirish asosiy maqsad. Ya’ni, bugun faqat va faqat g‘alaba ilinjidamiz!

AGMK o‘yinga jiddiy va qizg‘in hozirlik ko‘rdi. Elguja jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytgan va bugun maydonga tushish ehtimoli mavjud. Yovan Jokichda kichik jarohat borligi sababli kechagi mashg‘ulotda qatnashmadi.

AGMK navbatdagi o‘yinga, turning markaziy to‘qnashuviga tayyor. Mas’uliyatli va qiziqarli bahsga har bir futbolchi katta ishtiyoq bilan taraddud ko‘rdi.

O‘yin karantin qoidalariga muvofiq tomoshabinlarsiz o‘tishi munosabati bilan AGMK muxlislari uchrashuvni oila davrasida o‘tirib, «Oilaviy» kanal orqali soat 20:00dan boshlab tomosha qilishlari mumkin!

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 05:40, 02.07.2020.
O'qildi: 2123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик